Ilm-fan yutuqlarisiz innovatsion taraqqiyotga erishib boʻlmaydi
Faylasuf Konfutsiyning shunday hikmati bor: “agar sen xalqingni bir yil boqmoqchi boʻlsang, bugʻdoy ek, oʻn yil boqmoqchi boʻlsang, daraxt ek, agar asrlar davomida boqmoqchi boʻlsang, bilim, ilm ek. Bugun ilm-fanga qaratilayotgan eʼtibor ham uzoqni koʻra bilish, porloq kelajak sari tashlangan dadil qadamdir”.
Bu naql bejiz aytilmagan, albatta. Bu soʻzning tag-zamirida juda katta maʼno-mazmun bor. Chunki ilm-fan — bashariyatning buguni va kelajagini belgilashda muhim oʻrin tutadi. Soddaroq qilib aytganda, ilm-fan bilan shugʻullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap.
Shu bois keyingi paytda mamlakatimizda yoshlarga munosib taʼlim berish, ularning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini roʻyobga chiqarish, kitobxonlik madaniyatini yana-da rivojlantirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi. Yoshlarimizga bir vaqtning oʻzida bir nechta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatlar berilib, oʻqishga kirish jarayonlari soddalashtirildi. Zero, jamiyatda oliy maʼlumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha koʻp boʻlsa, rivojlanish shuncha tez va samarali boʻladi.
Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmon yurtimizda taʼlim sifati va qamrovini oshirishga qaratilgan muhim hujjat boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Unga binoan, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda Konsepsiyaning maqsadli koʻrsatkichlari va indikatorlari tasdiqlandi.
Farmon bilan 2021-yil 1-yanvardan boshlab har bir ilmiy tashkilotda uning boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida ilm-fan va ilmiy faoliyat boʻyicha maslahatchi lavozimi kiritilib, bu lavozimga taniqli ilm-fan namoyandalari va nufuzli olimlardan biri tayinlanadi. Oʻz navbatida, maslahatchi tashkilotning Ilmiy kengashini boshqaradi.
Ahamiyatli tomoni shundaki, mazkur hujjatga asosan ilmiy yoʻnalishlarni shakllantirish va ularning samarali faoliyat yuritishini taʼminlash hamda ilmiy maktablar, fan namoyandalari va yetakchi olimlarning sohadagi masʼuliyatini oshirish maqsadida har bir fan yoʻnalishlari boʻyicha fan jamiyatlari ham tashkil qilinmoqda. Fikrimizcha, bu muhim tashabbus hisoblanib, yaqin kelajakda oʻz samarasini berishi shubhasiz.
Farmonda 2021-yil 1-yanvardan boshlab “Akademik harakatchanlik” dasturi joriy qilinishi ham nazarda tutilganki, bu hududlarda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ilm-fanga keng jalb qilish, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Binobarin, mazkur Dastur doirasida ilmiy faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish uchun Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan grantlar ajratiladi. Eng muhimi, bunday yoshlarga ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar huzuridagi ilmiy tuzilmalardagi zamonaviy ilmiy asbob-uskunalardan bepul foydalanish huquqi beriladi.
Bular hali hammasi emas. Davlatimiz rahbarining farmoni bilan Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”, Ilm-fan sohasi va ilmiy-tadqiqot ishlarini 2021–2023-yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlari, shuningdek, Ilm-fan sohasi va ilmiy-tadqiqot ishlarini 2021-2023-yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlariga erishish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.
Yana ham muhim bir jihat borki, bu haqda alohida aytib oʻtish ayni muddaodir. Xususan, farmon bilan 2021-yil 1-yanvardan boshlab Ilmiy darajali kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi joriy qilinadi. Bu elektron tizim orqali ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash institutlarining samaradorligi monitoringini olib borish, tegishli hisobotlar va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish, stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturada oʻqish uchun qabul kvotalari boʻyicha buyurtmanoma shakllantirish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, bugun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni toʻliq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish – davr talabi. Shu jihatdan farmonda belgilangan ustuvor vazifalar kelgusida oʻz samarasini berishi shubhasiz. Zero, ilm-fan yutuqlarisiz innovatsion taraqqiyotga erishib boʻlmaydi.
Odinaxon OTAXONOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi deputati,
OʼzLiDeP fraksiyasi aʼzosi
Источник: XS.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:08
OTMlar uchun qishki ta’til muddati o‘zgarishi mumkin OTMlar uchun qishki ta’til muddati o‘zgarishi mumkin
2021-2022 o’quv yili uchun kontrakt miqdorlari ma’lum qilindi 2021-2022 o’quv yili uchun kontrakt miqdorlari ma’lum qilindi
Mandat natijalari 2022 e’lon qilindi Mandat natijalari 2022 e’lon qilindi
Psixologik test: Odamlarga to’g’ri baho bera olasizmi? Psixologik test: Odamlarga to’g’ri baho bera olasizmi?
Kasb.edu.uz onlayn hujjat topshirish tartibi, kasb-hunar 2022 Kasb.edu.uz onlayn hujjat topshirish tartibi, kasb-hunar 2022
9-may Xotira va qadrlash kuni senariylar to’plami 9-may Xotira va qadrlash kuni senariylar to’plami
Rossiyalik pedagoglar rus tili o’qituvchilariga yordam berish uchun yurtimizga kelmoqda Rossiyalik pedagoglar rus tili o’qituvchilariga yordam berish uchun yurtimizga kelmoqda
Oktabrdan yana o’qituvchilarga ustamalar berilishi boshlanadimi? Oktabrdan yana o’qituvchilarga ustamalar berilishi boshlanadimi?
Tanqidiy fikrlash nima va uni qanday o’rganish mumkin? Tanqidiy fikrlash nima va uni qanday o’rganish mumkin?
Yangi ustama 823-sonli qaror bo’yicha mulohazalar Yangi ustama 823-sonli qaror bo’yicha mulohazalar
Texnikum imtihon natijalari kollej imtihon natijalari DTM.uz edu.uz Texnikum imtihon natijalari kollej imtihon natijalari DTM.uz edu.uz
Ona tili DTM majburiy testlar 2022 javobi bilan Ona tili DTM majburiy testlar 2022 javobi bilan
2022 yil imtihon javoblari 9-sinf imtihon javoblari 2022 yil imtihon javoblari 9-sinf imtihon javoblari
DTM: 2020-2021 imtihon topshiriqlari soddalashtiriladi DTM: 2020-2021 imtihon topshiriqlari soddalashtiriladi
Mudofaa vazirligi imtiyozli tavsiyanoma olgan abiturientlarni ogohlantirdi Mudofaa vazirligi imtiyozli tavsiyanoma olgan abiturientlarni ogohlantirdi
Nyu-Yorkda o‘zbek maktabi ochildi Nyu-Yorkda o‘zbek maktabi ochildi
O‘qituvchilar qanday holatlarda mukofatlanishi mumkin? O‘qituvchilar qanday holatlarda mukofatlanishi mumkin?
Nabi Jaloliddin hayoti, faoliyati, asarlari haqida Nabi Jaloliddin hayoti, faoliyati, asarlari haqida
Kundalik hayotda kerak bo'ladigan psixologik usullar Kundalik hayotda kerak bo'ladigan psixologik usullar
Tezkor: Maktab o’qituvchilarining konspekt yuritishi bekor qilindi Tezkor: Maktab o’qituvchilarining konspekt yuritishi bekor qilindi