DTM sayti “Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” deyapti?
📌
my.dtm.uz sayti orqali ro‘yhatdan o‘tishda “Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” desa, nima qilish kerak?
❓
My.dtm.uz saytiga kirish uchun parolimni eslay olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?
✅ Savollarga javob: Har ikki holatda ham quidagicha yo‘l tutish lozim.
🌐
My.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, saytga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar va «Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” deb yozilgan ogohlantirishga uchragan abituriyentlar mazkur imkoniyatdan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.
👨💻 Buning uchun
“Parolni tiklash” bo‘limiga telefon raqami va arifmetik ifoda qiymati kiritilib, “Parolni tiklash” tugmasi bosilganda, abituriyentning telefon raqamiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kodni tizimga kiritgandan so‘ng, abituriyent o‘zi uchun yangi parol yaratadi.
🖥 Shundan so‘ng, yangi parol bilan
my.dtm.uz saytiga kirib, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:31