Olti oy ichida oʻrganish mumkin boʻlgan va masofadan ishlash imkoniyati mavjud kasblar haqida
Kibersport oʻyinlari boʻyicha boshqaruvchi, sinov ustasi, video muharriri, veb-dizayner — bu bir necha oy ichida egallash mumkin boʻlgan kasblar. Tajriba va asosiy maʼlumot talab qilinmaydi (video oʻyinlar va texnikaga qiziqish boʻlsa boʻldi). Ushbu koʻnikmalar sizga masofadan yoki moslashuvchan ish jadvaliga ega kompaniyada ishlashga yoki oʻz ishingizni boshlashingizga imkon beradi. Respublika taʼlim markazi mazkur kurslar haqida maʼlumot berdi.
Aytish joiz, pandemiya butun dunyoda mehnat bozorini oʻzgartirib yubordi. Oʻtgan bir yil ichida u tufayli koʻpchilik ishsiz qoldi. Koʻpgina sohalarda kompaniyalar ishchilarni qisqartirishiga toʻg’ri keldi. Ammo ayrim sohalarda buning aksini koʻrishimiz mumkin. Masalan, IT sohasida ish oʻrinlari koʻpayib ketdi. Koʻpchilik yangi kasbni egallashni xohladi, ayniqsa, masofadan turib ishlash va inqiroz paytida daromadni tejashga imkon beradigan kasblarni.
Sinov ustasi (mahsulotlarni sinovdan oʻtkazuvchi mutaxassis)
IT sohasida oz vaqt ichida oʻz joyingizni topishning eng oson usuli bu sinov ustasi kasbini egallashdir. Bu kasb egasi turli dasturlar va ilovalardagi xatolar va nosozliklarni tekshirish bilan shugʻullanadi. Texnik maʼlumot boʻlmasa ham, sinov ustasi, sinovchi (tester) boʻlishni oʻrganish oson deb hisoblanadi. Shuni yodda tutish kerakki, dastlab katta ish haqi boʻlmaydi. Ammo siz doimiy ravishda oʻsib borishingiz mumkin, IT sohasida koʻplab ish oʻrinlari mavjud, shu jumladan uyda ishlash imkoniyati bilan.
Siz tomondan kerak boʻladigan narsalar – kompyuter va undan ishonchli foydalanuvchi koʻnikmalari. Texnik maʼlumotingiz boʻlsa, bu siz uchun katta afzallikdir, chunki usiz oʻqish biroz qiyinroq kechadi va ishingizdan zavq olmasligingiz ham mumkin.
Sinovchining vazifasi — xatolarni qidirish, ishlab chiquvchilar tomonidan yaratilgan modulni buzadigan narsalarni qidirib topish. Agar siz narsalarni buzishni va ularni qismlarga ajratishni yaxshi koʻrsangiz, ular qanday ishlashini, nima yaxshi ishlamayotganini koʻrishni istasangiz, unda bu kasb sizga yoqadi. Sinov ustalari koʻpincha kompaniyalarning islab chiqish boʻlimlarida ishlaydi. Biroq, frilans boʻyicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud: mijozlar mahsulotlarni yuklaydigan saytlar mavjud boʻlib, u erdagi xatolarni topish uchun ular pul toʻlaydilar.
Frontend-ishlab chiquvchi
IT sohasida oz vaqt ichida oʻz joyingizni topishning yana bir oson usulidir. Biroz murakkabroq. Frontend-ishlab chiquvchilar mahsulotning tashqi qismini — dastur yoki veb-saytni yaratadilar. Ular dasturlashni oʻrganishadi (sinov ustalariga bunga ehtiyoj yoʻq). Ushbu kasb egalari sinov ustalariga qaraganda koʻproq maosh olishadi.
Video muharrir
Video — tez suratlarda ommalashib borayotgan yoʻnalish. Albatta, video bilan ishlash uchun dasturlar ancha soddalashtirildi va hozirgi kunda har qanday foydalanuvchi videolarni tahrirlay olishi mumkin boʻlib qolgan. Ammo sifatga boʻlgan talab hamon saqlanib qolmoqda. Video muharrir kasbi ishxonada ham uyda ham ishlash imkoniyatini beradi.
Ikki-uch oy ichida kasb asoslarini oʻrganishingiz va darhol mehnat faoliyatingizni boshlashingiz mumkin. Chunki hozirda ijtimoiy tarmoqlarning oʻta ommalashib borayotgani bu kabi mutaxassislarga talabni kuchaytirib yuborgan.
Sizga oʻqish va ishlash uchun katta hajmdagi videolarni tahrirlash dasturlarini saqlay oladigan kompyuter kerak boʻladi xolos.
O’qing: Aqliy ishlash. Ko’p ishlash. Qay biri ustun?
Veb-dizayner
Veb-dizayn kursi pandemiyaning birinchi toʻlqinida talab oshgan beshta kursdan biridir. Hali ham bu yoʻnalishga talab oʻzgargani yoʻq. Mahsulot va veb-dizayn (UI/UX, mobil va ish stoli dasturlari dizayni), interaktiv dizayn (UI animatsiyasi, VR/AR) va grafik dizayn eng mashhur kurslardir. Ammo olti oy ichida faqat veb-dizayn yoʻnalishini egallashingiz mumkin. Bu kasb egalari uchun ham professional dasturlarni saqlay oladigan kompyuter kerak.
Targetolog
Ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarni yoʻnaltiradigan mutaxassislar — targetologlar. Odamlar fikricha, targeting (yoʻnaltirish, tartiblash) kursi – yangi kasb egallash va uyda ishlashni boshlashning tezkor usuli. Agar sizda yakka tartibdagi ish bilan shugʻullanish ishtiyoqi boʻlsa yoki siz oʻz blogingizni rivojlantirishni xohlasangiz — bu siz uchun.
Soʻnggi yillarda marketing bozorida ijtimoiy tarmoqlarni ommalashtirish boʻyicha mutaxassislar juda koʻpayib ketgan va ular oʻrtasidagi raqobat juda katta. Ammo kichik va oʻrta biznes segmentida doimiy ravishda yangi kadrlar talab qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlar ular uchun mahsulotlarini ommalashtirishga yordam beradigan platformadir.
Kibersport oʻyinlari boyicha boshqaruvchi
Agar siz video oʻyinlarni yaxshi koʻrsangiz va biror yangi kasb egallashni oʻylayotgan boʻlsangiz, unda kibersport oʻyinlari boʻyicha boshqaruvchi boʻlish haqida oʻylab koʻring. Bu kasb egalarini media-menejerlar deb ham atashadi va ular kontentni yetakchi muharrir sifatida yaratishi va uni sotuvchi sifatida targʻib qilishi ham mumkin. Shundek, kibersport oʻyinlari auditoriyasini tahlil qiladi va marketing strategiyasini aniqlaydi. Hozirgi vaqtda media-menejerlar soni juda koʻp, ammo kibersport yoʻnalishini tushunadiganlar barmoq bilan sanoqli.
Maʼlumotlar tahlilchisi
IT sohasida biror tajribaga ega boʻlmay faoliyatni boshlash mumkin boʻlgan yoʻnalish. Koʻpchilik bu soha qiyin, unga texnik maʼlumotsiz kira olish imkoni yoʻq deb oʻylaydi. Ammo bu unday emas, tahlilchilar bazalardagi maʼlumotlarni biznes vazifalar yechimi uchun tushunarli natijalarga aylantirishlari kerak. Texnik baza qisqa vaqt ichida oʻrganiladi.
Oʻrganishda eng kam vaqtni maʼlumotlar tahlilchisi (katta maʼlumotlarni tahlil qiluvchi BI-tahlilchisi) va marketolog-tahlilchi kurslari oladi. Kurs kamida olti oydan yetti oygacha davom etadi.
#Масофавий ишлаш

Киберспортивный менеджер, тест-мастер, видеоредактор, веб-дизайнер — это профессии, которые можно освоить за считанные месяцы. Опыт и базовые знания не требуются (могут быть интересны видеоигры и техники). Эти навыки позволяют вам работать удаленно или в компании с гибким графиком работы или начать свой собственный бизнес. Республиканский образовательный центр предоставил информацию об этих курсах.
Следует отметить, что пандемия изменила рынок труда во всем мире. За последний год многие из-за этого потеряли работу. Во многих областях компаниям пришлось увольнять работников. Но в некоторых областях мы можем видеть обратное. Например, количество рабочих мест в сфере ИТ увеличилось. Многие хотели освоить новую профессию, особенно такую, которая позволяла бы работать удаленно и экономить в кризисные времена.
Мастер тестирования (специалист по тестированию продуктов)
Самый простой способ за короткое время найти свое место в IT — стать тест-мастером. Этот профессионал проверяет наличие ошибок и багов в различных программах и приложениях. Даже без технических знаний легко научиться быть тестировщиком. Имейте в виду, что высокой зарплаты поначалу не будет. Но вы можете стабильно расти, и в ИТ-индустрии есть много рабочих мест, в том числе возможность работать из дома.
Все, что вам нужно, это компьютер и более надежные навыки пользователя. Если у вас есть техническое образование, это большое преимущество для вас, потому что без него будет немного сложнее учиться и вы можете не получать удовольствия от своей работы.
Задача тестировщика — искать ошибки, искать то, что ломает модуль, созданный разработчиками. Если вам нравится ломать вещи и ломать их, если вы хотите посмотреть, как они работают, что не работает, то эта профессия вам по душе. Техники-испытатели часто работают в конструкторских отделах компаний. Однако есть и возможности для фриланс-проектов: есть сайты, куда заказчики выкладывают товары, и они платят за то, чтобы найти там баги.
Frontend-разработчик
Вот еще один простой способ быстро найти свое место в ИТ-индустрии. Немного сложнее. Frontend-разработчики создают внешний вид продукта — приложения или сайта. Они изучают программирование (испытателям это не нужно). Этим специалистам платят больше, чем тестируемым.
Видео редактор
Видео — быстрорастущий тренд в фотографии. Конечно, программное обеспечение для редактирования видео стало намного проще, и теперь любой пользователь может редактировать видео. Однако спрос на качество остается.Профессия видеомонтажера позволяет работать как в офисе, так и дома.
За два-три месяца можно освоить азы профессии и сразу приступить к работе. Это связано с тем, что растущая популярность социальных сетей увеличила спрос на таких специалистов.
Все, что вам нужно для чтения и работы, — это компьютер, на котором можно хранить большое количество программного обеспечения для редактирования видео.
Читайте: Умственная деятельность. Прилагать усилия. Какой из них превосходит?
веб-дизайнер
Веб-дизайн входит в пятерку самых востребованных курсов в первую волну пандемии. Спрос на это направление пока не изменился. Продуктовый и веб-дизайн (UI/UX, дизайн мобильных и десктопных приложений), интерактивный дизайн (UI-анимация, VR/AR) и графический дизайн — самые популярные курсы. Но через полгода можно попасть только в веб-дизайн. Этим специалистам также нужен компьютер, на котором можно хранить профессиональное программное обеспечение.
Таргетолог
Таргетологи — это специалисты, которые направляют рекламу в социальных сетях. Люди думают, что курс таргетинга — это быстрый способ освоить новую профессию и начать работать дома. Если у вас есть страсть к самозанятости или вы хотите создать свой собственный блог, это для вас.
В последние годы на рынке маркетинга увеличилось количество маркетологов в социальных сетях, и конкуренция между ними ожесточилась. Однако сегмент малого и среднего бизнеса постоянно нуждается в новых кадрах. Социальные сети являются для них площадкой для продвижения своей продукции.
Менеджер киберспортивных игр
Если вы любите видеоигры и подумываете о новой карьере, подумайте о том, чтобы стать менеджером по киберспорту. Эти специалисты также известны как медиа-менеджеры, которые могут создавать контент в качестве ведущего редактора и продвигать его в качестве продавца. Также анализирует аудиторию киберспортивных игр и определяет маркетинговые стратегии. Сейчас много медиаменеджеров, но мало кто понимает направление киберспорта.
Аналитик данных
Начать бизнес можно без опыта работы в сфере ИТ. Многие считают, что эта область сложная и без технических знаний в нее невозможно войти. Однако это не так, аналитикам необходимо превратить данные в базах данных в понятные результаты для решения бизнес-задач. Техническая база будет изучена в короткие сроки.
Наименее трудоемкими в учебе являются курсы аналитика данных (BI-аналитика больших данных) и маркетолога-аналитика. Курс длится не менее шести-семи месяцев.
# Удаленное управление

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:57:32