magistr.edu.uz Qabul 2022: Magistraturaga onlayn qabul boshlandi
▶️ 2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni
boshlandi.
✔️ 2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy
https://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
❗️Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.
➡️Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:30