Magistratura uchun nomdor stipendiya egasiga ham sertifikat kerakmi?
❓Nomdor stipendiya sohiblaridan ham magistraturaga kirishi uchun sertifikat talab qilinadimi?
Savolga huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev quyidagicha
javob berdi:
✅ JAVOB: Yo‘q, talab qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-son qarorining 6-bandida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi, deyilgan.
Ya’ni tanlovda ishtirok etish uchun sertifikat kerak.
Magistraturaga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi
Nizomning 7-bandiga ko‘ra, Prezident davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari magistraturaga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Ular tanlovdan tashqari qabul qilingani sababli til sertifikati majburiyati ularga taalluqli emas.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:29