Shahodatnoma dublikati endi elektron shaklda beriladi
Joriy yilning 1 iyulidan boshlab xalq ta’limi tizimida yana bir davlat xizmati
ishga tushiriladi. Endilikda turli sabablarga ko‘ra, yo‘qolgan, buzilgan, yaroqsiz holga kelgan shahodatnomalar o‘rniga dublikatni 5 kunda olish mumkin bo‘ladi.
Buning uchun shahodatnomasi yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan, buzilgan fuqarolar dublikatni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali ariza beradi. Ariza avtomatik tarzda portal orqali tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga ular orqali ta’lim tashkilotlariga yuboriladi.
Ta’lim tashkilotlari arxiv hujjatlari asosida dublikat berish (yoki rad etish) bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga yuboradi.
Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari QR-kod qo‘yilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni shakllantiradi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda yuboradi.
Fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat natijasini avtomatik tarzda tizimda BЕPUL yuklab oladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:24