Bu yil test sinovlariga qancha abituriyent kelmaganligi ma’lum qilindi
⚡️ Test sinovlarida abituriyentlarning ishtiroki haqida DTM ma’lumot berdi.
👨🏻‍🎓 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1 mln. 146 mingdan ziyod abituriyentdan 1 074 181 nafari ishtirok etdi, 72 563 nafari esa ishtirok etmadi.
❌ Abituriyentlarning 187 nafari hududga kirishda, 249 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.
📱 Chetlashtirish holatlarining aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish hamda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslarning kirishga urinishi bilan bog‘liq.
✅ Test sinovi jarayonida chetlashtirish holatlarining
🔹 55 tasi (22 %) — Qashqadaryo viloyati;
🔹 35 tasi (14 %) — Samarqand viloyati;
🔹 33 tasi (13 %) — Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eng kam qoidabuzarlik holatlari esa Sirdaryo viloyati (2 ta) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 ta) kuzatildi.
Joylangan vaqt: 2022-09-07 11:39:28