Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi boshlanish vaqti ma’lum qilindi
✅Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi 1-iyul kuni boshlanadi. Bu haqda Prezident ta`lim muassasalari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
❗️Test jarayonlari 1-iyul kuni soat 9:00 da boshlanadi.
Imtihonlar ikki smenada — 09:00 va 16:00 da bo’lib o’tadi.
❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.
🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.
Talabgorlar tug’ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
✔️Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:23