Maktablarda o‘qituvchilar soni nechta?
Maktablarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilarning necha foizi oliy maʼlumotga ega?
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-2022 oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 510 046 nafar oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda.
Jami oʻqituvchilarning 53,1 % i qishloq maktablarida va 46,9 % i shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda.
Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami oʻqituvchilarning:
— oʻrta maxsus maʼlumotlilar – 9,9 %
— oliy maʼlumotlilar – 90,1 %
Ma`lumot uchun, respublikamizda umumtaʼlim muassasalarida bitta oʻqituvchiga oʻrtacha 12 nafar oʻquvchi toʻgʻri kelmoqda.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:21