My.dtm.uz saytida nima uchun Tavsiyanoma imtiyoz chiqmayapti?
❔ Savol: Menda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma berilgan. Lekin my.dtm.uz saytida tavsiyanoma chiqmayapti. Nima uchun imtiyozim chiqmayapti?
Savolga DTM rasmiy kanalida quyidagicha izoh berishdi:
✅ Javob: Abituriyentda qandaydir imtiyoz mavjud bo‘lsa, bu imtiyoz tegishli vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik to‘ldiriladi.
Joriy yilda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan ayollarga 2 turdagi tavsiyanomalar berilmoqda. Lekin tavsiyanomalarni berish jarayoni hali yakunlanmaganligi sababli hozirga qadar qo‘mita tomonidan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilmagan.
Mazkur ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilganidan so‘ng, “Mening imtiyozlarim” bo‘limida sizga tegishli tavsiyanoma ma’lumotlari aks etadi.
Umumiy holda shuni aytish kerakki, agar “Imtiyozlar” bo‘limida abituriyentning imtiyozi chiqmasa, abituriyent imtiyozni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishi lozim.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:18