Abituriyent ta’lim yo‘nalishin qayta o‘zgartirishi mumkinmi?
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev abituriyentlarning onlayn roʻyxatdan oʻtishi bilan bogʻliq masalalarga
izoh berdi.
— Abituriyent my.dtm.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali test sinovini topshirishda oʻziga maʼqul hudud, fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil boʻlgan 5 tagacha taʼlim yoʻnalishini tanlaydi;
— agar abituriyentning imtiyozi boʻlsa, u imtiyozlar boʻlimida avtomatik ravishda chiqadi (agar chiqmasa, abituriyentga imtiyozni taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat qilishi kerak);
— chet tillari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikat mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar abituriyent tomonidan qoʻlda kiritiladi. Ushbu maʼlumotlar tekshiriladi;
— abituriyent kiritgan maʼlumotlarini 20-iyulgacha tahrirlashi mumkin (masalan, taʼlim yoʻnalishini oʻzgartirish, shu vaqtda chet tilidan sertifikat olsa, uni kiritish, test sinovi topshirish hududini oʻzgartirishi mumkin).
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:16