Hukumat qarori (341-son, 21.06.2022 y.) bilan nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti
tasdiqlandi.
🔰Reglamentga ko‘ra, nogiron yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.
✅ Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi yoki
YAIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tiladi.
📌 Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
🔹 o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:
➖ariza bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
➖nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi;
🔹 yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:
➖yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;
➖ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi.
❗️Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
🔘 Ariza 3 ish kunida ko‘rib chiqilib:
▫️subsidiya ajratish haqida elektron tizimga ma’lumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi;
▫️nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qishini joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasi yuklatiladi.
☑️ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ariza beruvchilarga oid ma’lumotlar sir saqlanadi.
📋 Hukumat qarori bilan shuningdek, Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti ham tasdiqlandi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:03