Pedagogika yo‘nalishida yangi OTMlar tashkil etiladi
Bu haqda Prezidentning tegishli qarori (PQ–289-son, 21.06.2022 y.)
imzolandi.
✅ Qaror bilan tegishli OTM hamda ularning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida quyidagilar tashkil etiladi:
➖ Urganch davlat pedagogika instituti;
➖ Namangan davlat pedagogika instituti;
➖ Guliston davlat pedagogika instituti;
➖ O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
➖ Andijon davlat pedagogika instituti;
➖ Buxoro davlat pedagogika instituti;
➖ Termiz davlat pedagogika instituti;
➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti.
✅ 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan 2–4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida (darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida) olib boriladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:03