Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi
“Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ–290, 21.06.2022-y.) qabul qilindi.
✅ Qarorga ko’ra, 2023-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
❗️2024/2025-o’quv yilida tajriba-sinov tariqasida Universitetning pedagogika ta’lim yo’nalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda – dastlabki imtihon va kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
🔰Bunda:
▫️dastlabki imtihon va kirish test sinovlari DTM tomonidan o’tkaziladi;
▫️dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o’rganiladi;
▫️kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.
🔘 2024-yil 1-yanvarga qadar:
▫️Universitet faoliyatida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini to’liq joriy etiladi;
▫️Universitetning ilmiy jurnalini Scopus, Web of Science yoki boshqa xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritiladi.
🗓 2023-yil 1-martgacha umumiy o’rta ta’lim muassasalaridagi ilg’or o’qituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish va ularning muhokamasini tashkil etish amaliyotini joriy qilinadi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:02