“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun pul yig‘ish qat’iyan ta’qiqlanadi
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun turli xil pul yig‘imlarini yig‘ish qat’iyan ta’qiqlanadi.
Ushbu tadbirni tashkil etish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi tavsiyalar ishlab chiqib barcha maktablarga yubordi. Tadbirlar maktab hovlisi bog‘ida yoki soya salqin ochiq maydonlarida o‘tkaziladi. Maktab hududiga begona shaxslarning kiritilmasligi nazoratga olinadi.
Maktablarda mazkur tadbir soat 8:00 dan 8:45 ga qadar, tavsiya etilgan ssenariy asosida tashkil etiladi. Unda yil davomida a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib, rag‘batlantiriladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:52