Qisqa ammo mazmunga boy hikoyalar
Qisqa, ammo juda ta’sirli hikoyalarni yaxshi ko’ruvchi o’quvchilarim uchun qalbni qitiqlovchi satrlarni taqdim etaman.
Ushbu hikoyalar sizni o’yga toldirib, kerakli xulosa chiqarishga undaydi. Keyinchalik, hali o’qishga ulgurmagan bo’lsangiz, o’quvchilarga saboq beruvchi ta’sirli hikoyalar, ko’zni yumib o’qiydigan qisqa ibratli hikoyalar va mazmunga boy, hajmi 1 qatorlik 15 ta eng qisqa hikoyalar sahifalarini ham mutolaa qilishingizni tavsiya etaman.
Ikki aka — uka bor edi. Akasi sahiy, omadli va boy, ukasi esa qotil, yomon inson bo’lgan ekan. Sud oldidan jurnalistlar qotil ukaga savol berishdi:
— Qanday qilib jinoyat yo’liga kirib qoldingiz?
— Meni bolaligim og’ir o’tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo’lishim mumkin edi?!
Keyin jurnalistlar akani savolga tutishdi:
— Siz shuncha yutuqlarga qanday qilib erishdingiz?
— Mening bolaligim og’ir o’tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo’lishim mumkin edi…?!
 
Bir kishi mardikor bozoriga bordi. Mashinadan tushishi bilan atrofini ish qidirib yurganlar o’rab olishdi.
— Hojatxonani ko’chirgandik. Bir uyum najas bor. Chelaklab tashish kerak. Kim boradi?
— Eee..
Hamma o’girilib keta boshladi. Biror kishi bu ishni qilishni xohlamadi.
Ikkinchi kun yana bordi. Yana o’sha ahvol…
— Yog’- e, bunaqa ish qilmaymiz. Yuklab tushurish, tashish bo’lsa edi, boshqa gap. Undan ko’ra kunni shu yerda kechlaymiz,- deyishdi.
Uchinchi kuni bir yigit ro’para keldi:
— Mayli aka. Har qanday ishga roziman. Pulga juda muhtojman. Ayolim ro’za tutgan, uyda esa yegani non yo’q!
— Uka — dedi haligi odam, — Mana bu 500 ming sizga. Hech qanaqa ish yo’q. Zakot berishga haqiqiy muhtojni qidirdim…
Bu gapdan qotib qolgan yigitning ko’zlari yoshga to’ldi…
 
Ota to’lib- toshib keldi. Uyda to’polon bo’lib ketdi: to’rt bolasi yugurib kelib, quchog’iga otildi. Otaning ko’zi narigi xona eshigida mo’ltirabgina turgan qizchaga tushdi.U uzoqroq bir qarindoshining yetimchasi edi.
– Dada! – dedi kenja o’g’ilchasi.
Ota unga shokolad berdi.
– Dada, mengayam! – degan kichik qizchasi o’z ulushini oldi.
– Dadajon! – dedi uchinchi farzandi. U ham benasib qolmadi.
– Dada! – dedi to’ng’ich o’g’li.
Uyiga mehmon qizaloq kelganidan bexabar ota shokoladni qo’lida tutib, bir nafas turib qoldi va bir o’g’liga, bir yetim qizchaga tikildi.
Shu mahal yetim qizaloq katta qizni imlab chaqirdi. Qulog’iga shivirladi. Katta qizi kelib, otasiga shunday dedi:
 
Telefonimga singlimdan SMS keldi. «Akajon, tug’ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq umr ko’ring», deyilgandi unda. Jahlim chiqib, ukamga qo’ng’iroq qildim.
– Bitta- yu bitta singlimiz akajonining tug’ilgan kuni qachonligini bilmas ekan, – dedim. – Meni tabriklab, SMS yuboribdi. yozda tug’ilganimni yetkazib qo’y!
Ukam biroz sukut saqlab turdi- da, so’ng javob berdi:
– Menga ham SMS yuboribdi, tug’ilgan kuningiz bilan tabriklayman, debdi.
– Nima? Senga ham yuboribdi?.. Nega?
– Tushunmadingizmi? – xo’rsindi ukam. – Aslida men bilan sizning emas, singlimizning tug’ilgan kuni ekan!
Hech nima deya olmadim. Uyatdan yuzlarim lovullardi.
 
— Salom! Menga chipta bering. Bir tomonga, faqat uyoqqa.
— Bir tomonga bo’lmaydi. Borish- kelish.
— Xo’p, bo’lmasa borish kelishga bering. Bugunga!
— Bugunga yo’q.
— Bo’lmasam qachonga bor? Eng yaqin vaqtga juda kerak!
— Eng yaqini… Kechiring, o’n yil keyinga bor.
— Bering… To’la bir kunga!
— Bir kunga yo’q!
— Iltimos, hech bo’lmasa bir soatga.
— Faqatgina bir minutga bor.
— Mayli, bir minutga bera qoling.
— Mana ushlang. Sizning bolalik davringizga chiptangiz!
— Katta rahmat!
— Hm- m… So’rasak maylimi?
— Albatta.
— Bori- yo’g’i bir minutda siz bolaligingizda nima qilmo qchisiz? Nima qilishga ulgurasiz?
— Men ota- onamni, qattiq- qattiq quchoqlayman ikkovini, bir vaqtda!!!
 
Ona bezovta, ota bezovta…
Ota: O’g’il bo’ladi.
Qaynona: O’g’il bo’ladi.
Amma: O’g’il bo’lishi kerak.
Ovsinlar: O’g’il bo’lsinda.
Ona: Bolam o’g’il tug’ilsinda.
Vaqti keldi…
Shifokor: tabriklaymiz, malikalarday …
Besh yildan so’ng…
Yangi yil! Qizdan so’rashdi: — Yangi yilda nima sovg’a kutyapsan?
Qizcha: o’g’il bola bo’lib qolishni!
 
— Farishta bilan gaplashish qancha turadi?
— Bitta soʻz evaziga umringizning bir yili
— Juda qimmat- ku?
— Qoʻngʼiroqni bekor qilasizmi?
— Yoʻq, gaplashaman. Iltimos farishtani ulab bersangiz.
.
.
.
— Alo bu farishta, sizni eshitaman?
— Iltimos, ota- onamga yaxshi koʻrishimni yetkazib qoʻysangiz.
— Hoʻp boʻladi, yana qanday yordam berishim mumkin?
— Ularni judayam yaxshi koʻraman
.
.
.
SMS: Sizning balansingiz 11 yilga toʻldirildi. Seni yaxshi koʻruvchi ota- onang…
Ota- onalarimizning qadriga yetaylik!
 
Bir Suriyalik 4 yoshli qizaloq onasiga savol beribdi:
— Oyijon bizning dinimiz Islom .
— Ha qizalog’im biz islom dinidamiz .
— Unda bizning mukofotimiz nima?
— Go’zal va tuganmas jannat!
— Oyijon jannatda non bormi ?
— Albatta qizalog’im. Bir bo’lak go’shtni to’rt tomonidan tishlasang to’rt xil takrorlanmas tam bo’ladi qizalog’im.
— Oyijon agar biz o’lsak jannatga kiramizmi?
— Ha qizalog’im insha Alloh Alloh bizni jannatga kirgizadi.
— Unda o’lib qolaylik ona. Jannatga kirib qornimizni to’ydiraylik ona. O’lib qolishni istayman onajon. O’lib qolaylik…
— …..
Nega biz shundan xulosa chiqarmaymiz?! Eh, odamlar! Shukur qilishni ham o’rganaylik!!!
 
Òlim yoqasidagi ayol eridan sòrabdi:
— Men òlsam qancha vaqt òtib uylanasiz?
— Qabring qachom qurisa, òshanda.
— Va’da berasizmi?
— Haa…
Ma’lum vaqtdan keyin ayol vafot etibdi. Er har kuni ayol qabriga borar, ammo qabr hech qurimas ekan. Er bir kuni tunda qabr oldiga borsa, ayolning ukasi qabrga suv solayotgan ekan. Nega bunday qilayotganini sòrasa:
— «Opam har kuni qabrimga suv quygin» deb vasiyat qilganlar, — deb javob beribdi….
°Izoh: Bilasizmi, shunday insonlar borki, vujudi bilan sevadi, faqat òziniki bòlishini xohlaydi…
Shunaqa insoningiz bòlsa qadriga yeting….
 
Kambag’al bir yigit boy qizni sevardi va bir kuni unga bu haqda aytdi. Qiz unga shunday javob berdi:
— Meni diqqat bilan eshit! Sening bir oylik maoshing mening kundalik ishlatadigan pulimdan ham kamroq. Shunda ham meni rom eta olaman, deb o’ylaysanmi? Men hech qachon seni sevmayman. Shuning uchun meni unut va yaxshisi o’zingga teng birorta qizni top!
Ammo yigit nimagadir qizni osonlikcha unuta olmadi.
10 yil o’tdi.
Bir kuni ular savdo markazida yuzma- yuz kelib qolishdi. Qiz uni tanidi:
— Hoy, sen! Qalaysan? Men turmushga chiqdim. Bilasanmi, erimning maoshi qancha? Oyiga $ 200 ming! Tasavvur qilyapsanmi? U yana juda aqlli ham.
Yigit bu so’zlarni eshitib ancha ranjidi. Shu daqiqada qizning eri kelib qoldi va yigitni ko’rib chehrasi ochildi:
— Salom janob! Shu yerdamidingiz? Tanishing, bu mening ayolim…
Ko’chaga chiqishgach eri qizga yigit haqida gapirib bera boshladi:
— «Men shu janobning qo’lida ishlayman, senga aytgandimku.
Janob hozir oyiga 2 mln topadi, ammo bir vaqtlar u sevgan qiz kambag’alligi uchun uni rad qilgan ekan. Shuning uchun haligacha uylanmagan. Bunaqa kuchli muhabbatni yana qayerdan topish mumkin? Qiz qanday omadli ekanligini bilmagan ekan, shunday emasmi?» bu so’zlarni eshitgan ayolning ko’zlaridan yosh oqdi…
 
Yigit mototsiklni katta tezlikda uchirib ketyapti.
Qiz:
— Iltimos, men qo’rqyapman, to’xtating!
Yigit:
— Yo’q, axir bu nihoyatda zavkli-ku.
Qiz:
— Men zavqli tomonini ko’rmayapman. Iltimos, sal sekinlating!
Yigit:
— Ayt, meni sevasanmi?
Qiz:
— Ha, sizni sevaman! Endi to’xtating!
Yigit:
— Endi meni qattiq quchib ol va ko’zlaringni yum!
Qiz yigitning aytganini qildi. Biroz vaqt o’tgach, yigit yana qizga so’z qotdi:
— Boshimdagini yechib, o’zing kiyib ol! U menga xalaqit qilyapti…
Ertasi kuni gazetalarda maqola paydo bo’ldi:
Boshqaruvni yo’qotgan mototsikl to’rt qavatli bino yonida halokatga uchradi. Bu baxtsiz hodisa tufayli mototsikldagi ikki kishidan biri omon qoldi.
Voqea bunday bo’lgandi: Yarim yolda yigit mototsikl tormozi ishdan chiqqanini fahmladi. U sevgilisiga bildirmay, so’nggi marta uni sevishini aytishini va qattiqroq quchishini iltimos qildi. O’z hayoti evaziga qizni o’limdan asrab qolish uchun boshidagi temir kaskani kiyishga majburladi.
 
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:09