Oddiy dehqon yaratgan super o'zbekcha android dasturlar
“Qishloqdan dexqon” taxallusli dasturchi yaratgan super o’zbekcha android dasturlar, mobil ilovalar va qiziqarli o’yinlar – qoyil va rahmat!
Dasturchi shaxan menga tanish emas. Uning Telegramm tarmog’ida @dasturlar2018 kanalini va Google playdagi Dehqon Developer hisoblarini qiziqish bilan kuzatib boraman. Dasturchi barcha uchun o’zbek tilidagi android dasturga bo’lgan ehtiyojlarni qamrab olishga harakat qilgan. Uning ishini faqat professional deb baholash mumkin. Mobil dasturlar deysizmi, android o’yinlar deysizmi, android kitoblar va programmalar deysizmi barchasidan eng keraklilari bor. Ulardan talabalar, abiturentlar, o’qituvchilar, o’quvchilar va hatto bolajonlar ham foydalanishi mumkin. Gapni ham cho’zib yubordim, dasturlar bilan tanishtirishni boshlay.
Tomorqadan unumli foydalanishni istaydigan kishilar uchun.
Mobil Agranom — Yangi uzbekcha programma 2019
Boy bo’lishni istaysizmi? Qanday qilib milliarder bo’lish mumkin? Ushbu android dasturda boy bo’lish sirlari, milliarder odamlardan aforizmlar, yo’l-yo’riqlar mujassam.
Biznesmen 2019 — Boy bo’lish sirlari yangi kitob
Abiturentlar, talabalar, til o’rganayotganlar va o’quvchilar uchun universal dastur.
Test tuzish — abiturient 2019
Go’zal ayollar va qizlar uchun hamma narsa: soch parvarishlari va turmaklari, turli kiyim kechaklar modalari, go’zallik sirlari, yuz parvarishi, pardoz-andoz, farzand tarbiyasi, hamda oila bo’sag’asida turgan yosh kelinlar uchun maslahatlar o’rin olgan. Ayollar Kundaligi- Go’zallik Pishiriqlar o’zbekcha
O’zbekcha dasturlar ichida eng foydali dasturlardan biri.
Chekishni tashlash — aqlli uzbekcha programma
Bu mobil dastur odamlarni yurish-turishi, yuz tuzilishi, mimikasiga qarab xarakterini ochib beruvchi o’zbekcha programma.
Odamlar psixologiyasi — O’zbekcha kitoblar
Ortiqcha vazn yoki aksincha vazn yetishmasligidan aziyat chekayotgan kishilar uchun foydali ilova.
Sog’lom Hayot — Ozish va badan tarbiya mashqlar
Mo’min kishilar uchun o’zbek tilidagi qur’on oyatlari, arab tili saboqlari, namoz o’qish kitobi jamlangan eng yaxshi dastur.
O’zbekcha qur’on, hadis, oyatlar, duolar
Namoz o’qishni o’rganish uchun mukammal dastur.
Namoz kitobi va taxorat qillish haqida kitob
Ushbu android programmada siz o’zingizni qiynayotgan islomiy, diniy savollaringizga to’liq va xolis javob olishingiz mumkin.
Zikr va Ilm ahlidan sorang — yangi kitob 2019
Ona tili va adabiyoti o’qituvchilari, shu yo’nalishdagi talabalar va o’quvchilar uchun eng kerakli mobil dastur.
O’zbek tili izohli lug’ati
Ona tilimiz yuksalishi yo’lidagi katta qadam.
O’zbek tili Morfem lug’ati
Ushbu ajoyib programma internet tezligini o’lchash, sarf-harajatlarni kuzatish va antenna chiqmay qolganda setni topishga yordam beradi.
Internet tezligi — O’zbekcha programma 2019
Ushbu android ilovada 5-,6-,7-,8-,9-,10-,11 sinflarning adabiyot kitoblari, hamda kollej, litseylarning adabiyot darsliklari o’rin olgan.
Barcha sinf va litsey adabiyot kitobi — Offlayn
Go’zal ayollar va qizlar uchun yana bir ajoyib mobil dastur.
Soch parvarishi va Turmaklari
Yangi intellectual o’yin, o’z ism familiyangiz va rasmingiz bilan ro’yhatdan o’ting va siz kabi ro’yhatdan o’tgan real insonlar bilan jonli ravishda test savollari orqali jang qiling.
AQL JANGI — test savollar ijtimoiy dastur
Matematikaga oid aqlni charxlaydigan super o’zbekcha o’yin.
Super matematika — Boshqotirma uzbekcha
Yosh shoir Ahad Qayumning muxlislari uchun tuhfa.
Ahad Qayum — barcha sherlari kitob va kitoblar
Rasmlar va aforizmlar olami.
Rasmlar va Aforizmlar
Mahsulotlarni sotish va sotib olish bo’yicha qulay bo’lgan android ilova.
OsonSavdo — Vodiy bo’limi
Ushbu android dastur telefondagi umuman keraksiz chiqindi keshlarni, viruslarni, faravon ishlashi uchun halal beradigan barcha yomonliklarni daf etadi.
Telefon Tozalash- batareykani tejash programmasi
Hozircha shular. Eslatib o’taman, barcha tavsiflar dasturning Play Marketda keltirilgan sifatlari asosida tayyorlandi. Kamtar dasturchidan bundanda dahshatli zo’r programmalarni kutib qolamiz.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:58:58