Maktabgacha ta`lim tizimidagi ishlar muhokama qilindi
Kuni kecha O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligining matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Unda Oliy Majlis Senati Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi a`zosi Manzura Salimova, mahalliy hokimiyat vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Maktabgacha ta`lim vazirining o`rinbosari U.Begimqulovning besh yil mobaynida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida hisoboti eshitildi. Qolaversa, vazirlikning yaqin kelajakdagi istiqbolli rejalari to`g`risida ma`lumotlar taqdim etildi.
Bundan tashqari, Oliy Majlis Senati a`zosi M.Salimova so`zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda ta`lim, shu jumladan, maktabgacha ta`lim tizimida olib borilayotgan sa`y-harakatlarga urg`u berdi. Shuningdek, maktabgacha ta`lim tashkilotlarida qamrov sonini oshirish, ta`lim sifatini yanada yaxshilash, malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda bolajonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish kabi qator masalalarga e`tibor qaratib, o`z takliflarini bildirdi.
Tadbirda Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari maktabgacha ta`lim bo`limlari rahbarlarining hisobotlari ham eshitildi.

Вчера состоялась пресс-конференция Министерства дошкольного образования Республики Узбекистан.
Об этом сообщает пресс-служба Сената Олий Мажлиса.
В нем приняли участие Манзура Салимова, член комитета Сената по науке, образованию и здравоохранению, представители местной власти и СМИ.
На мероприятии был заслушан отчет заместителя министра дошкольного образования У.Бегимкулова о проделанной работе за пять лет. Кроме того, была предоставлена ​​информация о дальнейших планах министерства.
Кроме того, выступила член Сената Олий Мажлиса М.Салимова, подчеркнув прилагаемые в стране усилия в сфере образования, в том числе дошкольного образования. Он также внес предложения по ряду вопросов, таких как увеличение количества детей в дошкольном образовании, дальнейшее повышение качества образования, подготовка квалифицированных кадров и создание необходимых условий для детей.
На мероприятии также были заслушаны доклады руководителей управлений дошкольного образования Джизакской, Наманганской, Кашкадарьинской, Самаркандской и Ташкентской областей.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:57:38