OTM rahbarlari 4 ta ustuvor vazifaga e’tibor qaratishadi - Prezident
prezident raisligida oliy ta’limga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari oliy ta’lim tizimidagi rahbarlarga barcha kuch va resurslarini 4 ta ustuvor vazifaga qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi:
1.Oliygohlar boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish.
2. Ta’lim berish jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit hamda sharoitni yaratish. Oliygohlar talabani o‘qishga qabul qilishdan avval ularni qayerga ishga yuborishini, buning uchun ish beruvchilar bilan 10 yillik shartnomaga ega bo‘lishlari kerak.
3. Oliygohlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovasiyani rivojlantirish.
4. Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qog‘ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
Prezident bu vazifalarni bajarish uchun OTM mustaqil boshqaruviga oid qator yangiliklarni ma’lum qildi.

видеоконференция по высшему образованию под председательством президента. В нем глава государства поручил руководителям системы высшего образования сосредоточить все свои усилия и ресурсы на 4 приоритетах:
1. Повышение роли советов вузов и расширение полномочий кафедр.
2. Адаптация образовательного процесса к требованиям рынка, обеспечение его интеграции с производством и создание среды и условий для работы обучающихся над собой. Университеты должны иметь 10-летний контракт со своим работодателем, прежде чем принимать студента.
3. Повышение научного потенциала вузов, развитие науки и инноваций.
4. Сокращение бумажной работы для преподавателей и студентов и резкое сокращение бюрократии и коррупции за счет цифровизации.
Для выполнения этих задач Президент анонсировал ряд нововведений в сфере самостоятельного управления высшим образованием.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:56:44