Voyaga yetmagan qanday huquq va majburiyatlarga ega?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
* Bola o‘z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o‘z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.
* Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
* Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
* Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan ko‘rishish huquqiga ega.
* Favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan bola (ushlab turish, qamoqqa olish, hibsga olish, davolash muassasasida bo‘lish va boshqa hollarda) o‘z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko‘rishish huquqiga ega.
* Bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.
Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), ushbu kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to‘la muomala layoqatiga ega deb e’tirof etilsa, u o‘z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir.
* Bola ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga ega.
* Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganda bola o‘z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab, vasiylik va homiylik organiga, o‘n to‘rt yoshga to‘lgandan keyin esa mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
* Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganligidan, uning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart. Shunday ma’lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi zarur.
* Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqlidir.
T.Usmonov,
fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisi.
* Ребенок имеет право на воспитание родителями, на обеспечение своих интересов, на всестороннее развитие, на уважение его человеческого достоинства.
* В случае отсутствия родителей ребенка или при их лишении родительских прав, а также в иных случаях лишения ребенка родительской опеки право ребенка на воспитание в семье гарантируется органом опеки и попечительства.
* Ребенок имеет право видеться с отцом, матерью, дедушкой, бабушкой, братьями, сестрами и другими родственниками. Развод родителей, расторжение брака или раздельное проживание родителей не затрагивают прав ребенка.
* Если родители проживают раздельно, ребенок имеет право видеться с каждым из них. Даже если родители живут в разных странах, ребенок имеет право их видеть.
* Ребенок в чрезвычайной ситуации (задержание, арест, задержание, лечение и т.п.) имеет право на свидание с родителями и другими родственниками в порядке, установленном законодательством.
* Ребенок имеет право на защиту своих прав и законных интересов.
Защиту прав и законных интересов ребенка осуществляют родители (опекуны) ребенка, а в случаях, предусмотренных настоящим Кодексом, — орган опеки и попечительства, прокурор и суд.
В случае признания несовершеннолетнего полностью дееспособным он вправе самостоятельно осуществлять свои права и обязанности, в том числе право на защиту.
* Ребенок имеет право на защиту от жестокого обращения со стороны родителей (или опекунов).
* В случае нарушения прав и законных интересов ребенка, в том числе неисполнения или ненадлежащего исполнения родителем (одним из них) своих обязанностей по воспитанию и воспитанию ребенка, либо злоупотребления родительскими правами, ребенок имеет право обращаться в орган опеки и попечительства за защитой своих прав и законных интересов, а также самостоятельно в суд по достижении четырнадцатилетнего возраста.
* Лица, которым известно об угрозе жизни или здоровью ребенка, нарушении его прав и законных интересов, обязаны уведомить орган опеки и попечительства по месту жительства ребенка. При получении такой информации орган опеки и попечительства принимает необходимые меры по защите прав и законных интересов ребенка.
* Ребенок может свободно выражать свое мнение по любому семейному вопросу, который может его заинтересовать.а также право говорить во время любого судебного или административного слушания.
Т.Усмонов,
Председатель Самаркандского городского суда по гражданским делам.
Источник: Zarnews.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:53:54
Oddiy dehqon yaratgan super o'zbekcha android dasturlar Oddiy dehqon yaratgan super o'zbekcha android dasturlar
Ruhiyat haqidagi 35 qiziqarli kitob Ruhiyat haqidagi 35 qiziqarli kitob
Maktablarni bankdan kredit ajratib ham ta’mirlasa bo‘lar ekan Maktablarni bankdan kredit ajratib ham ta’mirlasa bo‘lar ekan
ROMAN ABRAMOVICHNING YOSHLARGA 11 MASLAHATI ROMAN ABRAMOVICHNING YOSHLARGA 11 MASLAHATI
Ixtisoslashtirilgan maktablar. Imtihon 2022. Imtihon kunlari va joyi Ixtisoslashtirilgan maktablar. Imtihon 2022. Imtihon kunlari va joyi
2022 yildan ishga qabul qilishda diplom talab qilinmaydi 2022 yildan ishga qabul qilishda diplom talab qilinmaydi
2021-2022 tojik tili bo'yicha variativ ish rejalar to'plami 2021-2022 tojik tili bo'yicha variativ ish rejalar to'plami
"Farzandim badavlat bo'lsin" deydigan ota-onalarga tavsiyalar "Farzandim badavlat bo'lsin" deydigan ota-onalarga tavsiyalar
Ta’lim krediti kimlarga beriladi? Yangi qonun Ta’lim krediti kimlarga beriladi? Yangi qonun
Maktab yarmarkalarida narxlar arzonmi yoki qimmatmi? Maktab yarmarkalarida narxlar arzonmi yoki qimmatmi?
Bu markaz ham uchinchi Renessans poydevorlaridan biri - Shavkat Mirziyoyev Bu markaz ham uchinchi Renessans poydevorlaridan biri - Shavkat Mirziyoyev
2021-2022 abituriyent darsliklar royhati test tushadigan darsliklar 2021-2022 abituriyent darsliklar royhati test tushadigan darsliklar
Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
Abituriyentga uyqu muhimmi yoki o'qish? Abituriyentga uyqu muhimmi yoki o'qish?
Prezident sayloviga tayyorgarlik uchun qancha mablagʻ ajratilgan? Prezident sayloviga tayyorgarlik uchun qancha mablagʻ ajratilgan?
Barcha xalq ta’limi vazirlari — bitta suratda Barcha xalq ta’limi vazirlari — bitta suratda
Tug’ilgan oyingizni toping va o’z haqingizda bilib oling Tug’ilgan oyingizni toping va o’z haqingizda bilib oling
23-may efirga uzatiladigan television darslar jadvali 23-may efirga uzatiladigan television darslar jadvali
7-11-sinf Biologiya ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar 7-11-sinf Biologiya ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar
Nodavlat OTMdan davlat OTMga o’qishni ko’chirish tartibi qanday bo’ladi? Nodavlat OTMdan davlat OTMga o’qishni ko’chirish tartibi qanday bo’ladi?