O'qituvchi obro'sini oshirish uchun nima qilish kerak?
O‘qituvchi obro‘sini oshirmoqchi bo‘lsak, ularning maqomini belgilab qo‘yishimiz kerak.
Hozirgi kunda eng ko‘p mehnat huquqlari buziladigan xodimlar bu pedagoglardir. Ularning mehnatidan istagan odam, istagan payt foydalanib ketaveradi. Maktablar hududiy hokimliklarga bog‘lab qo‘yilgandan keyin bundan battari ham bo‘lishi mumkinda.
Ta’lim tizimida ham bitta odat bor: ishni buyuramiz, chora-tadbirlar tuzamiz, qilinadigan ishlarni buyruq bilan rasmiylashtiramiz, lekin uni kim va aynan qaysi qo‘shimcha haq evasiga qilinishi haqida lom-lum demaymiz. Ana shundan keyin o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish boshlanadi.
Achinarli tarafi shundaki, hozirgacha pedagog xodimlarning maqomi belgilab berilmagan. Ikki yil avval «Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamalar portaliga qo‘yilgandi. Lekin, qaror loyihasi kimlargadir yoqmagan ko‘rinadi uni qabul qilish muddati nomuayyan muddatga qoldirildi. Keyin negadir buni hech bir hukumat vakili esga ham olmadi. Qonun loyihasi izsiz yo‘qoldi.
O‘qituvchi obro‘sini oshirmoqchi bo‘lsak, avval ularni huquqlarini to‘liq himoyalab qo‘yishimiz kerak. Pedagoglarning maqomini aniq belgilab berishimiz, toki o‘qituvchiga hech kim qo‘shimcha ish yuklolmasin, har qanday fuqaro o‘qituvchiga gapini o‘ylab gapiradigan bo‘lsin. O‘qituvchining obro‘siga putur yetkazish, ularga tazyiq o‘tkazish jinoyat deb baholansin.
© Ulug‘bek Po‘latovMavzuga doir:
O‘qituvchining jamiyatdagi o‘rni haqida maqolaMaqomi va daromadi oshgan oʻqituvchi taʼlimda sifat omili boʻla oladiO‘qituvchini tinch qo‘ying, o‘qitavermang!Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:20