O‘qituvchiga malaka toifasini berish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi
Joriy yilning 25 yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror pedagog xodimlarning malakasini oshirishda yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Qarorga muvofiq, endi o‘qituvchilar malakasini oshirishda tabaqalashgan dasturlar asosida o‘qitish tizimi joriy etiladi. Bunda xodimlar malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, psixologik tayyorgarligi, ish tajribasiga qarab tabaqalashgan holda o‘qitiladi.
Xo‘sh, xodimlar salohiyatini oshirishda bu tizim nima beradi? Malaka oshirishda tabaqalishtirishning afzalligi shundaki, ish tajribasi va malakasi yuksak xodim bilan endigina sohaga kirib kelayotgan xodim bir dasturni tengma-teng o‘zlashtirolmasligi mumkin. Tajribali xodim uchun ba’zi darslar zerikarli tuyulishi tabiiy. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, tabaqalashgan ta’lim tizimi xalq ta’limi muassasalari har bir xodimining malakasini oshirishda foyda beradi.
Shuningdek, an’anaviy malaka oshirish jarayonida kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy turlari ham joriy etiladi. Ya’ni, har bir xodim uchun amaliyot va nazariyani birgalikda olib borish, vaqtini, ta’bir joiz bo‘lsa, naqdini tejash imkoniyatini yaratadi.
O‘qituvchilarga malaka toifasini berish va saqlab qolish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari yil davomida amalga oshiriladi.
Ilgari xalq ta’limi muassasalari xodimlari 5 yilda bir marotaba malaka oshirgan bo‘lsa, endi ular qarorda belgilangan talablarga ko‘ra, uzluksiz tarzda malakasini oshirib boradi. Qolaversa, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali xodimlarning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi. O‘qituvchilarning elektron portfoliyasi shakllantirilib, ularga kasbiy rivojlanish trayektoriyasi, natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.
A’lamjon Ibragimov,
Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning  malakasini oshirish hududiy markazi direktori.
Согласно постановлению, будет внедрена система подготовки учителей на основе дифференцированных программ. При этом обучение сотрудников осуществляется на основе квалификации, образования, научно-педагогического потенциала, психологической подготовки, опыта работы.
Так что же делает эта система для наращивания кадрового потенциала? Преимущество расслоения в обучении без отрыва от производства состоит в том, что только что пришедший на работу сотрудник с высоким уровнем опыта работы и квалификации может не освоить ту же программу. Для опытного сотрудника некоторые уроки могут показаться скучными. Поэтому можно сказать, что дифференцированная система образования поможет повысить квалификацию каждого работника ГОУ.
В традиционный процесс обучения без отрыва от производства также будут внедрены скоординированные дистанционные формы профессионального обучения. То есть, чтобы каждый сотрудник совмещал практику и теорию, это экономит время, так сказать, деньги.
Вопрос квалификации и удержания преподавателей, их аттестация осуществляется в течение всего года.
Если раньше сотрудники учреждений народного образования проходили обучение раз в 5 лет, то теперь они постоянно повышают свою квалификацию в соответствии с требованиями указа. Кроме того, специальная электронная площадка «Непрерывное профессиональное образование» позволит сформировать индивидуальную траекторию профессионального развития сотрудников. Будет создано электронное портфолио педагогов, в которое войдет информация о траектории профессионального развития, результатах и ​​учебных планах.
Аламжон Ибрагимов,
Директор Самаркандского областного регионального центра переподготовки и повышения квалификации народного образования.
Источник: Zarnews.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:56
Saʼdulla Hakim. Saʼdulla Hakim haqida: hayoti, asarlari, faoliyati Saʼdulla Hakim. Saʼdulla Hakim haqida: hayoti, asarlari, faoliyati
Sinf rahbari qanday mezonlarga asosan tayinlanadi? Sinf rahbari qanday mezonlarga asosan tayinlanadi?
Geografiya fanidan imtihon biletlari 10-sinf Geografiya fanidan imtihon biletlari 10-sinf
Pedagog xodim attestatsiyada necha ball to'plashi kerak? Pedagog xodim attestatsiyada necha ball to'plashi kerak?
Ishlarni kechiktirish odatidan qanday qutulish mumkin? Ishlarni kechiktirish odatidan qanday qutulish mumkin?
Hayvonlar haqida she’rlar to‘plami hayvonlar qahramonlar Hayvonlar haqida she’rlar to‘plami hayvonlar qahramonlar
Qaysi viloyatdan ko'proq abituriyentlar hujjat topshirgan? Qaysi viloyatdan ko'proq abituriyentlar hujjat topshirgan?
“Boy bo’lishning 10 ta siri” kitobidan boylik sirlari “Boy bo’lishning 10 ta siri” kitobidan boylik sirlari
Farzandini maktabga yuborayotgan ota-onalarga tavsiyalar Farzandini maktabga yuborayotgan ota-onalarga tavsiyalar
Biologiya fanidan electron darsliklar, biologiya kitoblari 5-11-sinf Biologiya fanidan electron darsliklar, biologiya kitoblari 5-11-sinf
O’ta shirin alam… O’ta shirin alam…
Ta'til paytida bilim olish uchun mavjud imkoniyatlar Ta'til paytida bilim olish uchun mavjud imkoniyatlar
23-aprel efirga uzatiladigan television darslar jadvali 23-aprel efirga uzatiladigan television darslar jadvali
Pandemiya sababli Yevropadagi ayrim universitetlar talabalar yetishmovchiligiga duch kelishdi Pandemiya sababli Yevropadagi ayrim universitetlar talabalar yetishmovchiligiga duch kelishdi
Mazmunga boy, hajmi 1 qatorlik 15 ta eng qisqa hikoyalar Mazmunga boy, hajmi 1 qatorlik 15 ta eng qisqa hikoyalar
Ayol tanasi haqida qiziqarli faktlar Ayol tanasi haqida qiziqarli faktlar
Bolalar maktab formasi va o’quv qurollari bilan ta’minlanadi Bolalar maktab formasi va o’quv qurollari bilan ta’minlanadi
Pedagogikada sirtqi ta’lim bekor qilinadi Pedagogikada sirtqi ta’lim bekor qilinadi
Baxtlilar safiga qo‘shilish uchun 12 tavsiya Baxtlilar safiga qo‘shilish uchun 12 tavsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni qancha ariza tushgani ma’lum qilindi Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni qancha ariza tushgani ma’lum qilindi