Yangilanayotgan "Zakovat" ko'rsatuvida endi katta pullar o‘ynalishi aytildi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov “Zakovat” o‘yinining kelajagi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bugun jamoamiz bilan “Zakovat” loyihasining ochilish marosimi, dizayni, o‘yin qoidalari, uning tartibi va boshqa tashkiliy masalalarni muhokama qildik. Adliya vazirligiga tegishli hujjatlarni ham topshirdik. O‘ylaymanki, ular ham bizning NNTni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazib berishadi. Klub gimnini Shoxruxga ishonib topshirdik. U ham studiyada bugun ishlayapti. Qisqasi, tayyorgarlik juda qizg‘in. Bilimdonlar kitoblarni oching va jiddiy tayyorgarlik ko‘ring, bizda katta pul o‘ynaladi”
, deya ta’kidlagan Allamjonov.

О будущем игры «Заковат» рассказал председатель Попечительского совета Общественного фонда поддержки и развития национальных СМИ Камиль Алламджанов.
Сегодня мы с нашей командой обсудили церемонию открытия проекта «Заковат», оформление, правила игры, ее порядок и другие организационные вопросы. Мы также представили соответствующие документы в Министерство юстиции. Думаю, они со временем зарегистрируют нашу НКО. Гимн клуба мы доверили Шохруху. Он и сегодня работает в студии. Словом, подготовка очень интенсивная. Ученые, открывайте книги и серьезно готовьтесь, у нас много денег для игры» — сказал Алламжанов.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:33