Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi
🏢 Prezident qarori (PQ–4977-son, 04.02.2021 y.) bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi.
Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.
✅ Mazkur Fond:
● Alisher Navoiy hayoti, yuksak insonparvarlik g‘oyalari va ilmiy-adabiy merosini yurtimizda va xalqaro miqyosda keng o‘rganadi va targ‘ib qiladi;
● Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib, mukammal ilmiy nashrlarini yaratadi hamda ularni respublikada va chet ellarda nashr etadi;
● Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosini tadqiq etayotgan adib va olimlar faoliyatiga ko‘maklashadi.
📝 Qaror bilan shuningdek, Fond Vasiylik kengashi tarkibi hamda Fond tuzilmasi ma’qullandi.

🏢 Международный общественный фонд имени Алишера Навои создан Указом Президента (№ ПП-4977 от 04.02.2021).
Об этом сообщает телеграм-канал «Правовая информация» Минюста.
✅ Этот фонд:
● широко изучает и пропагандирует жизнь, высокие гуманитарные идеи и научно-литературное наследие Алишера Навои в нашей стране и за рубежом;
● переводит произведения Алишера Навои на иностранные языки, создает прекрасные научные издания и издает их в стране и за рубежом;
● Оказывает помощь писателям и ученым, изучающим научное и литературное наследие Алишера Навои.
📝 Постановлением также утверждены состав Попечительского совета Фонда и структура Фонда.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:31