Yangi professional taʼlim tizimi oldingi oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlim tizimidan nimasi bilan farq qiladi?
Ushbu savolga AOKA press-xolida tashkil etilgan matbuot anjumanidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Murodilla Xolmuhamedov quyidagicha javob berdi:
— Birinchi, asosiy farqi: oldin bir qolipda ishlaydigan kasblarning murakkabligi, u yerda shakllanadigan amaliy koʻnikmalar hajmi, masʼuliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda, 3 yillik standartda ishlaydigan oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlim diplomi beradigan kasb-hunar kollejlari mavjud edi.
Yangi tizim 3 toifaga boʻlindi.
Birinchi toifa — yangi muassasalar tarmogʻi boʻldi. Bu muassasalar kasb-hunar maktablari deb ataladi. Bu maktabning yuqori sinfida birlamchi kasbiy tayyorgarlikdan oʻtadigan, boshlangʻich professional taʼlim dasturlari asosida faoliyat koʻrsatadigan kasb-hunar maktablaridir. Ularning soni 339 ta etib belgilandi.
Bu yil ularga birinchi marta qabul amalga oshirildi. Hozir kasb-hunar maktablarida oʻquv-jarayoni davom etmoqda.
Ikkinchi toifa taʼlim muassasalari — idoraviy kollejlar.
Maʼlumki, iqtisodiyotning real sohalariga juda katta miqdorda investitsiya kiritildi. Bu investitsiyalar boʻyicha hududlarda joriy etilayotgan loyihalarning hammasi yangi, innovatsion texnologiyalarga asoslangan.
Ochilayotgan yangi ish oʻrinlari ham — ana shu yangi texnologik jarayonlarga moʻljallangan ish oʻrinlari.
Vazirlik, idora va yirik ish beruvchilarga taqsimlab berildiki, oʻzlarining loyihalarini hayotga tatbiq qilish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish koʻlamini kengaytirishda mazkur kollejlar orqali yangi yaratilgan ish oʻrinlariga maqsadli ravishda mutaxassis tayyorlaydi.
Uchinchi toifa taʼlim muassasalari — texnikumlar tarmogʻi.
Bu Sobiq Ittifoq davridagi texnikumlardan taʼlim dasturlarining maqsadi, vazifasi, ushbu dastur asosida shakllanadigan bilim, malaka, koʻnikma, kompetensiyalarning murakkablik darajasi, hajmi bilan tubdan farq qiladi.
Oliy taʼlim dasturlari bilan uygʻunlashtirilgan holda, bakalavrning toʻrtdan bir qismida shakllanadigan bilim, malaka, koʻnikmalari texnikumlarning oʻquv reja va oʻquv dasturiga singdirildi.
Texnikumni yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchilarga taʼlim maskanini bitirganidan keyin imtihonsiz bakalavriatning 2-kursidan oʻqishni davom ettirish imkoniyati berildi. Bunday imtiyoz oldingi texnikumlarda boʻlmagan.

На этот вопрос на пресс-конференции в пресс-холле АОКА ответил заместитель министра высшего и среднего специального образования Муродилла Холмухамедов:
— Во-первых, основное отличие: в прошлом существовали профессиональные колледжи, которые выдавали 3-летний диплом о среднем специальном профессиональном образовании, вне зависимости от сложности профессий, работающих в одном формате, объема формируемых в них практических навыков, и обязанности.
Новая система разделена на 3 категории.
Первая категория представляла собой сеть новых учреждений. Эти учреждения называются профессиональными школами. Это профессионально-технические училища, обеспечивающие базовую профессиональную подготовку в старших классах школы и функционирующие на основе программ начального профессионального образования. Их число было установлено на уровне 339.
В этом году их приняли впервые. В настоящее время образовательный процесс идет в профессионально-технических училищах.
Вторая категория учебных заведений – ведомственные колледжи.
Известно, что в реальный сектор экономики вложен большой объем инвестиций. Все эти инвестиционные проекты в регионах базируются на новых, инновационных технологиях.
Новые рабочие места, которые создаются, также являются рабочими местами, созданными для этих новых технологических процессов.
Распределенные среди министерств, ведомств и крупных работодателей, эти колледжи ориентируются на вновь созданные рабочие места за счет реализации своих проектов и расширения производства и услуг.
Третья категория учебных заведений представляет собой сеть техникумов.
Он отличается от технических вузов постсоветского пространства целями и задачами образовательных программ, уровнем сложности и объемом знаний, навыков и компетенций, формируемых на основе этой программы.
В сочетании с программами высшего образования знания, навыки и умения, формирующие четверть степени бакалавра, были включены в учебные планы и программы технических колледжей.
Студенты, успешно окончившие техникум, имеют возможность продолжить обучение на 2 курсе бакалавриата без сдачи экзамена. Такой привилегии не существовало в предыдущих колледжах.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:26