Pessimist bo`lish yaxshimi yomonmi?
Xo`sh, pessimist bo`lish shunchalik yomonmi? Ammo pessimistlarning hech kimga foydasi tegmaydi, degan fikrga kelmaslik kerak. Bunday insonlarning kamchiliklari ko`p bo`lsada, ular hayotga real qaraydilar. Bundan tashqari, pessimistlar boshqalarga qaraganda aqlli, fikr doirasi keng insonlar ekanligi aniqlangan.
Ular yuzaga kelgan vaziyatni to`g`ri baholash hamda uni nazorat qilish xususiyatiga egadirlar. Bu borada olimlar shunday deydilar: «Pessimist bir oz xafa, tund qiyofasida ko`rinsa-da, u zakovat egasi. Zohid va olimlar aynan shu toifadan kelib chiqadilar».
G`arbning mashhur ruhshunosi Seligmanning fikricha, «har bir kompaniya pessimistlarga muhtoj». Bu juda qiziq bo`ldi. Axir ijobiy dunyoqarash kishining butun hayotini belgilaydi, uning sog`lig`i, hayotda munosib o`rin egallashiga turtki bo`ladi, degan edingiz-ku, deyishingiz turgan gap. Bu fikrlarning bari to`g`ri, ammo pessimistlar kompaniyaning hozirgi holati, u duch kelishi mumkin bo`lgan muammolardan saqlab qolishi mumkin.
Xuddi shu narsa, insonning salomatligi borasida ham aks etadi. Optimistlar doimo ko`tarinki kayfiyatda bo`lishga intilganlari uchun, ko`pincha o`zlarini ayamaydilar. Pessimistlarning bu boradagi ehtiyotkorligi ularga foyda beradi, turli noxushliklardan saqlaydi.
Yuristlar, moliyaviy bo`lim boshliqlari, texnika xavfsizligi bo`yicha mas`ul shaxslarning barchasi «professional pessimistlar»dir. Ularning vazifasi rahbariyatni yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noxush holatlardan xabardor qilish hisoblanadi.
Agar bu ikki xislatni o`zingizda jam qilsangiz, xayotdagi qiyinchiliklardan engilmay o`tishingiz mumkin. Optimist bo`lsangiz juda ham yaxshi, ammo pessimistlar kabi bir oz ehtiyotkor  bo`lishga, bajarilishi qiyin bo`lgan ishlarga qo`l urishdan tiyilishga o`rgansangiz yaxshi. Pessimist bo`lsangiz, fe`l-atvoringizning bu tomonga zo`rayib ketishiga yo`l qo`ymang.
Aks holda, doimo ruhi bezovta, ko`ngli doimo cho`kkan, hayotdan bahra olish nimaligini bilmay o`tadigan shaxs sifatida o`tasiz. Bu dunyoda yashayotgan inson zoti borki hayotida bir marta bo`lsa ham o`z-o`ziga «Men baxtli bo`lamanmi?», degan savolni berib ko`rgan.
Har bir odamning baxti o`z qo`lida. Avvalombor, qaysi oilada tavallud topgani, uning ota-onalari, avlod-ajdodlari kim ekanligi, nima bilan shug`ullanganligi, bir so`z bilan aytganda nasliy omilidir.
Ikkinchidan, har birimizni individual psixologik xususiyatlarimiz – mehnatsevarligimiz, irodamiz, tirishqoqligimiz, aniq hayotiy maqsadlarimizning mavjudligi va ularga etishish yo`lida faoliyatimizni tashkil etishimiz, hayotda muqarrar ravishda uchrab turadigan qiyinchilik, to`siq va muammolardan bukilmasligimiz, vaqtincha bukilgan taqdirda ham sinmasligimiz, ba`zan boshimizga tushib qoladigan og`ir holatdan oqilona chiqib keta olishimiz mazkur holatdan hayotda o`zimiz va atrofdagilarimiz uchun qimmatli xulosalar chiqarishimizga bog`liq.

Так ли уж плохо быть пессимистом? Но не следует полагать, что пессимисты никому не принесут пользы. Хотя у таких людей много недостатков, они реально смотрят на жизнь. Выяснилось также, что пессимисты — более умные и широко мыслящие люди, чем другие.
Они обладают способностью точно оценивать и контролировать ситуацию. По этому поводу ученые говорят: «Пессимист немного печален, хотя и выглядит мрачным, он умен. Захид и ученые принадлежат к этой категории.
По словам Селигмана, известного западного психолога, «пессимисты нужны каждой компании». Это было очень интересно. Ведь вы сказали, что позитивный настрой определяет всю жизнь человека, его здоровье и мотивацию занять достойное место в жизни. Все эти мнения верны, но пессимисты могут спасти компанию от сложившейся ситуации, проблем, с которыми она может столкнуться.
То же самое относится и к здоровью человека. Оптимисты часто не щадят себя, ведь они всегда стремятся быть в хорошем настроении. Рассудительность пессимистов в этом отношении пойдет им на пользу и защитит от разных неприятностей.
Юристы, руководители финансовых отделов и ответственные за безопасность — все «профессиональные пессимисты». Их задача – информировать руководство о возможных нежелательных явлениях.
Если сочетать эти два качества, можно преодолеть жизненные трудности. Хорошо быть оптимистом, но, как и пессимистам, полезно научиться быть немного более осторожным и избегать делать то, что трудно сделать. Если вы настроены пессимистично, не позволяйте своему поведению развиваться в этом направлении.
В противном случае вы сойдете за человека, вечно озабоченного, вечно подавленного, не знающего, что такое радоваться жизни. Хоть раз в жизни человек, живущий в этом мире, задавал себе вопрос: «Буду ли я счастлив?»
Счастье каждого в его собственных руках. Прежде всего, семья, в которой он родился, кто его родители и потомки, чем он занимался, словом, является наследственным фактором.
Во-вторых, у каждого из нас есть свои индивидуальные психологические особенности — трудолюбие, воля, трудолюбие, наличие четких жизненных целей и организация деятельности по их достижению, не поддаваться трудностям, препятствиям и проблемам, неизбежно возникающим в жизни. способность рационально выйти из сложной ситуации зависит от нашей способности делать ценные выводы для себя и окружающих в жизни.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:10