Ingliz tilini tez o’rganish uchun aniq tavsiyalar
Menga eng ko’p beriladigan savollardan biri til o’rganish bilan bog’liq: “Ingliz tilini qanday tezroq o’rgansam bo’ladi?” Shu sababli, mazkur maqolada har qanday til o’rganishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish kerakligi haqida 5 maslahat bermoqchiman.
Aniq maqsadsiz biron ishda, hususan til o’rganishda, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu sababli, ingliz tilini o’zi nimaga o’rganmoqchi ekanligingiz haqida mulohaza qiling. Talabaligimda o’qishdan keyin xususiy til o’rgatish markazida ingliz tilidan dars berganman. Ilk darsni hamisha “Why do you want to study English?” savolidan boshlar edim. Afsuski, sinfning yarmidan ko’pi aniq maqsadni ayta olmas edi. Soddalik bilan “Ota-onam yuborayapti, foydasi tegib qolar,” deydiganlar ko’p uchrar edi.
Til o’rganish uzun va mashaqqati jarayon bo’lgani sababli, bu yo’lga aniq maqsadsiz chiqqan kishi tilni hech qachon o’rgana olmaydi. Aksincha, oldingizga qo’ygan maqsadingiz qancha jiddiy bo’lsa, til o’rganish shuncha tez va samarali kechadi.
Maqsadni hamma shart-sharoitidan kelib chiqib belgilashi mumkin. Masalan, maktab talabasi “Ikki yil ichida ingliz tilini o’rganib, Vestminster universitetiga grant asosida o’qishga kiraman” deb maqsad qilishi mumkin. Talaba esa “TOEFLga tayyorlanib, Amerika universitetlariga grant asosida magistraturaga o’qishga kiraman” deb niyat qilishi mumkin. Ishbilarmon kishi esa “Ingliz tilini o’rganish orqali biznesimga tegishli yangi know-how’larni o’rganib, kompaniyamni 5 yilda dunyo bozoriga olib chiqaman” deb maqsad qo’yishi mumkin. Unutmang, maqsad qanchalik jiddiy bo’lsa, til o’rganish shuncha tez va samarali kechadi.
Tilni doimiy takrorlashsiz o’rganib bo’lmaydi. Kuniga 10 yangi so’z yodlashingiz mumkin, ammo bu so’zlarni 1-2 kundan keyin takrorlamasangiz esingizdan chiqib ketishi aniq. Bunda eng samarali yo’llardan biri flesh kartalardir (flash cards). Yoki bo’lmasa, ko’zingiz eng ko’p tushadigan joylardan samarali foydalanishingiz mumkin. Shaxsan men kompyuter monitori atrofi va karavotim taxtasiga yangi o’rgangan so’zlarni kichik qog’oz parchasiga yozib yopishtirib qo’yardim.
Til muloqot vositasidir. Shu sababli tilni o’rganish va rivojlantirish uchun, tabiiyki, muloqot qilishingiz kerak. Men talaba bo’lgan vaqtlarimda turli kutubxona va resurs markazlarida Speaking Club’lar bo’lar edi. Hali ravon gapira olmasangiz ham ishtirok etishga qo’rqmang. Tilni bilishiga qaramasdan bu kabi suhbatlarda ishtirok etishga uyalgan kishidan tilni hali tuzukroq bilmasa ham, gapirishga harakat qilgan kishi yutadi. Xullas, uyalmang, xatolar bilan bo’lsa ham gapiring.
Yoki bo’lmasa, davomiy ingliz tilini mashq qilish uchun sherik toping. Tilni bir yoki bir-nechta sherik bilan o’rganishning yana bir foydali tomoni shundaki, bu usul sheriklar orasida o’ziga hos raqobat muhitini yaratadi. Mahalladoshingiz yoki maktabdagi sinfdoshingiz sizga sheriklik qilishi mumkin. Har hafta eng kamida 30 yangi so’z yod olishga va yakshanba kuni uchrashib, bir-biringizni sinashga kelishib olsangiz, sherigingizdan orqada qolmaslik uchun so’zlarni albatta yodlashga harakat qilasiz.
Ingliz tilini o’rganish jarayonini hayot tarzingizga moslab boring. Masalan, har kuni universitetga metroda qatnasangiz kuniga eng kamida 30-40 daqiqa vaqtingiz metroda kechadi (har tomonga15-20 daqiqa hisoblaganda). Demak, metrodagi vaqtingizdan unumli foydalanish uchun turli Listening Comprehension’ni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tinglab ketishingiz mumkin (masalan, Investudy English podkastlarini). Yoki bo’lmasa, men talaba bo’lgan vaqtlarimda darslar bekor qilinishi ko’p uchrardi. Bu degani orada eng kamida 1 soat keyingi darsni kutishim kerak edi. Sizda ham shu kabi holatlar uchrab tursa, bu vaqtni kutubxonaga kirib faqat ingliz tili bilan bog’liq bo’lgan ishlarga sarflashingiz mumkin. Yoki bo’lmasa, turli janrlarda kino ko’rmaydigan kishi topilmasa kerak. Kino ko’rmoqchi bo’lsangiz, uni ingliz tilida subtitrlari bilan tamosha qiling.
Til o’rganish uzun va mashaqqatli jarayon bo’lgani sababli, uni iloji boricha osonlashtirishga harakat qilishingiz kerak. Bunda sizga smartfoningiz qo’l keladi. Smartfonlarga o’rnatib olish mumkin bo’lgan bepul ingliz tilini o’rganish dasturlari bor. Ular orasida eng mashhurlari bu Duolingo va Memrise. Duolingo va Memrise bir biriga o’xshaydi. Ammo eng birinchi ko’zga ko’rinadigan farqi Duolingo’da so’zlar ko’proq American English’da, Memrise’da esa British English’da talaffuz etiladi. Ingliz tilini bir oz bilgan kishi esa TED suhbatlarini tinglashi mumkin. Smartfoningizga TEDni o’rnatganingizdan keyin, Settings bo’limida English subtitles’ni tanlasangiz, suhbatni subtitrlar bilan tinglashingiz mumkin.
Ingliz tilini o’rganish oson emas. Bunda sizga oldingizga aniq maqsad qo’yish, yangi so’zlarni davomiy takrorlab borish, fursat bo’lganda uyalmasdan muloqot qilish, ingliz tilini o’rganish jarayonini hayotingizga moslashtirib borish va nihoyat, texnologiyadan samarali foydalanishni talab etadi. Omad!
Четко определить цель
Без четкой цели невозможно добиться успеха в любом начинании, особенно в изучении языка. Так что подумайте о том, что вы хотите выучить на английском языке. Когда я был студентом, я преподавал английский язык в частном языковом центре. Первый урок всегда звучит так: «Почему вы хотите изучать английский язык?» Я бы начал с вопроса. К сожалению, более половины класса не смогли назвать точную цель. Было много людей, которые просто говорили: «Мои родители присылают, пригодится».
Поскольку изучение языка — это долгий и трудный процесс, тот, кто отправляется в путешествие без четкой цели, никогда не выучит язык. Наоборот, чем серьезнее ваша цель, тем быстрее и эффективнее будет ваше изучение языка.
Он может поставить цель, исходя из всех обстоятельств. Например, старшеклассник может сказать: «Я собираюсь изучать английский язык через два года и получу стипендию в Вестминстерском университете». Студент может пожелать подготовиться к TOEFL и поступить в магистратуру американского университета. Предприниматель может поставить перед собой цель «вывести свою компанию на мировой рынок за 5 лет, изучая новые бизнес-ноу-хау посредством изучения английского языка». Помните, чем серьезнее цель, тем быстрее и эффективнее будет изучение языка.
Основа языка – повторение
Невозможно выучить язык без постоянного повторения. Вы можете запоминать по 10 новых слов в день, но если не повторять их в течение 1-2 дней, они забудутся. Один из самых эффективных способов сделать это — использовать флеш-карты. Или вы можете использовать области, которые бросаются в глаза больше всего. Лично я писал слова, которые только что выучил, на маленьком листе бумаги вокруг монитора компьютера и на доске у кровати.
Общаться
Язык – это средство общения. Так что для того, чтобы выучить и развить язык, конечно же, нужно общаться. Когда я был студентом, в различных библиотеках и ресурсных центрах были разговорные клубы. Не бойтесь участвовать, даже если вы еще не умеете бегло говорить. Выигрывает человек, который пытается говорить, даже если он еще не знает языка лучше, чем человек, которому стыдно участвовать в таких разговорах, несмотря на знание языка. Так что не стесняйтесь, даже если вы делаете ошибки.
Или найдите партнера для регулярной практики английского языка. Еще одним преимуществом изучения языка с одним или несколькими партнерами является создание уникальной конкурентной среды между партнерами. Ваш сосед или одноклассник в школе может сотрудничать с вами.Если вы согласитесь запоминать не менее 30 новых слов каждую неделю и встречаться по воскресеньям и пробовать друг друга, вы обязательно постараетесь запомнить слова, чтобы не отставать от своего партнера.
Адаптируйте процесс изучения языка к своему образу жизни
Адаптируйте процесс изучения английского языка к своему образу жизни. Например, если вы каждый день едете в университет на метро, ​​вы будете проводить в метро не менее 30-40 минут в день (15-20 минут в одну сторону). Таким образом, чтобы максимально использовать свое время в метро, ​​вы можете слушать различные упражнения на аудирование (например, подкасты Investudy English). Или, когда я был студентом, занятия часто отменяли. Это означало, что мне пришлось ждать следующего урока как минимум 1 час. Если у вас похожая ситуация, вы можете пойти в библиотеку и потратить время только на вещи, связанные с английским языком. А может быть, нет никого, кто бы не смотрел фильмы разных жанров. Если вы хотите посмотреть фильм, смотрите его с английскими субтитрами.
Эффективно используйте свой смартфон
Изучение языка — долгий и трудный процесс, поэтому постарайтесь сделать его как можно проще. В этом вам поможет ваш смартфон. Существуют бесплатные программы для изучения английского языка, которые можно установить на смартфоны. Самые популярные среди них — Duolingo и Memrise. Duolingo и Memrise похожи. Но первое заметное отличие заключается в том, что в Duolingo слова чаще произносятся в американском английском, а в Memrise — в британском английском. Любой, кто немного знает английский, может слушать выступления TED. После установки TED на свой смартфон вы сможете слушать разговор с субтитрами, выбрав английские субтитры в разделе «Настройки».
Выучить английский язык непросто. Он требует от вас ставить четкие цели, постоянно повторять новые слова, общаться без смущения, когда появляется возможность, адаптировать процесс изучения английского языка к своей жизни и, наконец, эффективно использовать технологии. Омад!
Источник: uzbekimmigrant.com

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:51:53
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi
Nodir Jonuzoq hayoti, faoliyati, asarlari, teleko’rsatuvlari Nodir Jonuzoq hayoti, faoliyati, asarlari, teleko’rsatuvlari
Abituriyentlarning OTMga tayyorlanishlari uchun ​​majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi Abituriyentlarning OTMga tayyorlanishlari uchun ​​majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi
Barcha fanlardan tig’izlashtirilgan ish rejalar to’plami Barcha fanlardan tig’izlashtirilgan ish rejalar to’plami
Boshlang’ich sinflar uchun 2019-2020 o’quv yili yillik ish rejasi Boshlang’ich sinflar uchun 2019-2020 o’quv yili yillik ish rejasi
Ta’lim sifatini baholaydigan nodavlat tashkilot tuziladi Ta’lim sifatini baholaydigan nodavlat tashkilot tuziladi
2020-2021 ingliz tili fanidan 1-11 sinf yillik ish rejalar to’plami 2020-2021 ingliz tili fanidan 1-11 sinf yillik ish rejalar to’plami
Magistraturaga onlayn hujjat topshirishda mutaxassislikni o’zgartirish mumkinmi? Magistraturaga onlayn hujjat topshirishda mutaxassislikni o’zgartirish mumkinmi?
Rossiyada o‘zbek tilidagi 12 ta telekanal translyatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi Rossiyada o‘zbek tilidagi 12 ta telekanal translyatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi
Millatni buyuk qiladigan kuch bu – ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir Millatni buyuk qiladigan kuch bu – ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir
Janubiy Koreyada Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi Janubiy Koreyada Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
Jismoniy tarbiya fanidan barcha sinflar uchun yangi yillik ish reja Jismoniy tarbiya fanidan barcha sinflar uchun yangi yillik ish reja
Halima Xudoyberdiyeva haqida: hayoti, asarlari, faoliyati Halima Xudoyberdiyeva haqida: hayoti, asarlari, faoliyati
2022-yil To‘lov-kontrakt narxlari oshadimi - rasmiy izoh 2022-yil To‘lov-kontrakt narxlari oshadimi - rasmiy izoh
Boshlang’ich sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan Boshlang’ich sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
Maktablarda o’quv yili onlayn tarzda yakunlanishi ma’lum qilindi Maktablarda o’quv yili onlayn tarzda yakunlanishi ma’lum qilindi
Sherzod Shermatovning bitiruvchilarga tabrigi va tavsiyalari Sherzod Shermatovning bitiruvchilarga tabrigi va tavsiyalari
Eng kam ish haqi qachon qancha bo’lgan? – to’liq jadval Eng kam ish haqi qachon qancha bo’lgan? – to’liq jadval
Inson uchun 2 yoshdan 90 yoshgacha yutuq nima? Inson uchun 2 yoshdan 90 yoshgacha yutuq nima?
8-avgust dtm test natijalari e’lon qilindi, 2022 imtihon natijalari 8-avgust dtm test natijalari e’lon qilindi, 2022 imtihon natijalari