Olis hududdagi maktabga borib ishlash uchun kimga murojaat qilish kerak?
Barchamizga ma’lumki, olis joylardagi maktablarni malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlash hozirgi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lganligi uchun 2019 yildan boshlab olis hududlarda joylashgan maktablarda ishlayotgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida qo‘shimcha ustamalr to‘lash ishlari boshlandi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlashga kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga BHMning 50 baravari miqdorida (11 mln 150 ming so‘m) bir martalik boshlang‘ich yordam puli va ijarada turganlik uchun BHMning 2 baravarida (446 ming so‘m) har oylik pul kompensatsiyasi berilishi belgilab qo‘yildi.
Undan tashqari Prezident bu yilgi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida o‘qituvchilar boshqa tumandagi olis maktabga borib ishlasa — 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa, 100 foizlik ustama haq olishlari mumkin deb ta’kidladi.
Shundan so‘ng juda ko‘p o‘qituvchilar olis hududlarda joylashgan maktablarga aynan qaysi maktablar kirishi, undan tashqari olis hududlarga ishga boradigan o‘qituvchilar deyilganda aynan nima nazarda tutilganligi, bunda maktab va o‘qituvchining uy manzili orasidagi masofa ham ahamiyatga egami degan savol bilan murojaat qilishdi. Bu savolga ham imkon qadar javob berdik.
Endi ko‘plab o‘qituvchilar berilayotgan imkoniyatlar foydalanish maqsadida “Olis hududlardagi maktabga borib ishlash uchun kayerga murojaat kilishim mumkin?” deb savol yo‘llashibdi. Shuning uchun bu savolga ham imkon qadar javob berishga harakat qildik.
Buning uchun avvalo, Olis hududlardagi maktablar ro‘yxati bilan yaxshilab tanishib chiqish kerak bo‘ladi. Ana undan so‘ng ish.uzedu.uz saytiga kirib, o‘zingizga kerakli bo‘lgan hududni tanlab, bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqishingiz kerak bo‘ladi.
U yerda esa ish joyi, lavozim, oylik maosh, ish stavkasi, ish tajribasi, ish o‘rinlari soni, ish turi, to‘lov shakli, imtiyozlar, ish o‘rnining bandligi, murojaat uchun telefon raqami, e’lon joylashtirilgan sana hamda hujjatlarni qabul qilish muddati haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘ladi.
O‘sha huddudagi maktabda ishlash niyatingiz bo‘lsa, «lavozimga talabgor haqida ma’lumot» degan bandini to‘ldirib, aloqa uchun berilgan raqamga telefon qilishingiz mumkin bo‘ladi.
Xullas rostdan ham olis hududlardagi maktablarda ishlab, beriladigan imtiyozlardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, ish.uzedu.uz saytidan erinmay ma’lumotlarni ko‘rib chiqishingiz lozim.
P.S: Balki Xalq ta’limi vazirligi yaqin kunlarda olis hudud maktablaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini ham e’lon qilib qolar. Unga qadar yuqoridagi ko‘rsatmalardan foydalanib tursangiz bo‘ladi.

Как мы все знаем, обеспечение квалифицированными учителями удаленных школ сегодня является наиболее актуальным вопросом, поэтому с 2019 года будут выплачиваться дополнительные надбавки для поощрения учителей, работающих в школах отдаленных районов.
С 1 января 2021 года выдается единовременная первоначальная помощь в размере 50-кратного БМП (11 млн 150 тыс. сум) и 2-кратного БМП на аренду (446 тыс. сум) для высокообразованных специалистов из других регионов для работы в бюджетных организациях расположенных в отдаленных районах.м) ежемесячная денежная компенсация.
В своем обращении к Олий Мажлису в этом году президент также сообщил, что учителям можно платить 50 процентов, если они уедут работать в отдаленную школу в другом районе, и 100 процентов, если они уедут работать в другую область.
Затем многие учителя спрашивают, какие школы находятся в отдаленных районах, и что именно имеется в виду под учителями, уезжающими работать в отдаленные районы, и имеет ли значение расстояние между школой и домашним адресом учителя. Мы также максимально подробно ответили на этот вопрос.
Теперь, чтобы воспользоваться возможностями, которые даются многим учителям, «Куда мне пойти работать в школу в отдаленном районе?» он спросил. Поэтому мы постарались максимально подробно ответить на этот вопрос.
В первую очередь необходимо ознакомиться со списком школ в отдаленных районах. Затем вам необходимо зайти на ish.uzedu.uz, выбрать нужную вам сферу и просмотреть информацию о вакансиях.
Присутствует место работы, должность, оклад, тарифная ставка, стаж работы, количество рабочих мест, вид работы, форма оплаты, льготы, занятость, телефон для подачи заявления, дата объявления и информация о сроке подачи заявления. Прием документов будет опубликован.
Если вы собираетесь работать в школе в этом районе, вы можете позвонить по контактному номеру, заполнив раздел «Информация о заявителе».
Итак, если вы действительно хотите работать в школах отдаленных районов и воспользоваться льготами, вам необходимо посмотреть информацию на сайте ish.uzedu.uz.
P.S.: Возможно, в ближайшие дни Министерство народного образования также объявит о вакансиях в удаленных школах. До тех пор вы можете следовать приведенным выше инструкциям.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:51:35