2021 yilda Xalq ta’limi sohasiga byudjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi
19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Koronavirus pandemiyasi ko‘pgina rejalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Lekin qabul qilingan qarorlar va o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida joriy yilgi byudjet parametlari ijrosi ta’minlanmoqda.
Pandemiya sharoitida ijtimoiy sohaga ajratiladigan xarajatlar joriy yilga nisbatan kamida 15 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, keyingi yilda maktabgacha ta’lim qamrovi darajasini 70 foizga, bunda xususiy sektor ulushini 25 foizga yetkazish maqsad qilingan. Xalq ta’lim vazirligiga byudjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi. Maktablarni tezkor internetga ulash bo‘yicha birinchi marta byudjetdan 100 milliard so‘m, jihozlashga 200 milliard so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida kelgusi yili innovatsion rivojlantirish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga byudjetdan 2 baravar ko‘p mablag‘ yoki 100 milliard so‘m ajratiladi.

19 октября под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялось видеосовещание по обсуждению параметров государственного бюджета на 2021 год.
Пандемия коронавируса серьезно повлияла на многие планы. Однако в результате принятых решений и своевременных мер параметры бюджета текущего года выполняются.
В условиях пандемии в этом году планируется увеличить расходы на социальную сферу не менее чем на 15%. В частности, поставлена ​​цель увеличить охват дошкольным образованием в следующем году до 70%, а долю частного сектора довести до 25%. Бюджетные ассигнования Министерству народного просвещения будут увеличены на 16%. Впервые из бюджета будет выделено 100 миллиардов сумов на высокоскоростной доступ в Интернет и 200 миллиардов сумов на оборудование.
Кроме того, в рамках концепции развития науки в следующем году Фонду поддержки инновационного развития и инновационных идей будет выделено вдвое больше бюджета или 100 млрд сумов.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:49:54