Yuridik texnikumlarga qabul test sinovlari qachon o’tkazilishi aytildi
📆 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari 2020-yil 5-6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda DTM xabar berdi.
✅ Test sinovlari yuridik texnikumlar joylashgan hududlarda o‘tkaziladi.
⏰ Test sinovlari 2 smenada (1-smena soat 09:00 dan 12:00 ga qadar, 2-smena soat 15:00 dan 18:00 ga qadar) tashkil etiladi.
🔖 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani shaxsiy kabinetlari (texnikum.dtm.uz) dan olishlari mumkin.
❕ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmasdan pasporti va ruxsatnomasi bilan kelishlari so‘raladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:49:19