OYAT

OYAT (arab. — ilohiy belgi, moʻjiza) — Qurʼon suralarining bandi. Islomga koʻra, O. Allohning oʻz elchisi Muhammad(sav)ga vahiy qilib, bandalarga qoʻllanma sifatida yuborgan farmoyishi, moʻjizasi. Qurʼonning 7-a. ga oid ilk nusxalaridayoq suralar Oyat larga boʻlingan va har sura doirasida tartib bilan raqamlangan. Oyat larning ayrimlari qisqa iboradan, baʼzilari bir necha jumladan tashkil topgan. Qurʼon Oyat larining soni 6236 ta ekani koʻproq manbalarda qayd etilgan. Ayrim Oyat lardan masjidlar, islom mamlakatlaridagi rasmiy idoralar va xususiy uylarning ichki va tashqi bezagi sifatida foydalaniladi. Qabrtoshlarga ham Oyat yozish uchrab turadi. Bir kancha Oyatlar va ularning qismlariga moʻjizakor, sexrli kuch sifatida qaralib, ulardan tumor qilingan; bunday Oyatlar oyat-ul hafz (himoyalovchi Oyat), oyat-ush shifo (shifo O.) deb ataladi.