GOʻRGON

GOʻRGON — Kaspiy dengizidagi qoʻltiq, Eron sohillarida. Quruqlik ichkarisiga qariyb 60 km kirib borgan. Kengligi 11 km, chuq. 4 m gacha. Dengizga Goʻrgon boʻgʻozi orqali tutashgan. Qirgʻoqlari past, botqoqlashgan. Sohilida Goʻrgon, Bandar-Turkman va b. shaharlar joylashgan. Baliq ovlanadi.