GABEN

GABEN (Gabin) — Jan (haqiqiy ismi Jan Aleksi Monkorje) (1904.17.5, Meriyel — 1976.15.11, Parij) — fransuz kinoaktyori. Kinoda 1930-y. dan faoliyat koʻrsatgan. Ekranga demokratizm ruhini, erkinlik, inson shaxeiga hurmat, ehtirom tuygʻularini olib kirdi. «Kun boshlanmoqda», «Malapaga devorlari ostida», «Davrimiz zoʻravonlari», «Tun — mening podsholigim», «Oʻljaga tegmang», «Arximed, daydi», «Mushuk», «Parij orqali» kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.