GABER

GABER (Nayeg) — Fris (1868.9.12, hoz. Vroslav, Polsha — 1934.29.1, Bazel) — nemis anorganik kimyogari. Karlsrue Oliy texnika maktabi prof. (1898-y. dan). Berlin fizik-kimyo va elektrokimyo in-ti direktori (1911—13). Asosiy ishlari ammiakning kimyo-texnologiyasi va elektrokimyoga bagʻishlangan. Yarim sanoat qurilmasida ilk bor suyuq ammiak olgan. Nitrobenzolning elektrokimyoviy qaytarilishi natijasida anilin hosil boʻlishini oʻrgangan (1900). Eritmalarning rN ini oʻlchashda qoʻllaniladigan shisha elektrodni kashf etgan (1909). Nobel mukofoti laureata (1918).