GABBRO

GABBRO (Italiyaning Livorno sh. jan. dagi joy nomidan) — asos tarkibli magmatik tog jinslari. Deyarli bir xil mikdorda asosli plagioklazlar, piroksenlaraai tashkil topgan. Oddiy Gabbro plagioklaz va monoklinli piroksendan iborat. Turi koʻp. Plagioklaz va rombik piroksenli turi norit, plagioklaz va olivinli turi traktolit deyiladi. Plagioklazga boy Gabbro (85—90%) plagioklazitlar nomi bilan maʼlum. Labradorit turi faqat plagioklazni Labrador xilidan tashkil topadi. Labradorit kupincha chiroyli havorang yoki kukish boʻlib tovlanadi. Katta chuqurlikda qotgan tipik Gabbroda kristallarning oʻlchami taxm. bir xil.

Tabiatda yirik shtok, lakkolit, lopolit, dayka shakllarida uchraydi. Ularning oʻlchami juda yirik. Mas, Kanadadagi Dulut massivining mayd. 5 ming km2ga teng. Oʻzbekistonda Nurota, Hisor, Chatqol-Qurama togʻlarida maʼlum. Xorijda Gabbroning yirik massivlari Ukraina, JAR, Fransiya, Shotlandiya va b. joylarda bor. G. yaxshi silliklanadi. Haykaltaroshlikda, binokorlikda bezash materiali.

Gabbro intruzivlari bilan magnetit, titanmagnetit, nikel va mis sulfidli ruda konlari bogʻliq.