GUUAM

GUUAM — mintaqaviy tashkilot (atama tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar ruscha nomlari bosh harflarini bildiradi). Unga 1996-y. da Vena sh. (Avstriyaka Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova davlat rahbarlari tomonidan asos solingan. 1999-y. apr. datashkilotga Oʻzbekistan ham qoʻshildi. Tuzilmaning asosiy maqsadi OsiyoKavkaz-Yevropa yoʻlagini ishga solish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir. Oʻzbekistan ushbu tuzilma tarkibiga kirishi tufayli Turkmanboshi (Turkmaniston) portidan Kaspiy dengizi orqali Bokuga, undan t. y. vositasida Gruziya gʻarbiy portlariga chiqish va nihoyat, Qora dengiz orqali Bolgariya, Ruminiya, Turkiya, Gretsiya hamda Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan savdo qilish, mahsulotlarni kam chiqim bilan xorijiy sheriklarga yetkazib berish imkoniyatidan foydalanadi. GUUAM hech qanday siyosiy yoxud harbiy-siyosiy maqsadlarni koʻzda tutmaydi va hech bir davlatga yoki xalqaro tashkilotga qarshi qaratilgan emas.

Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlarining Yalta (2001-y. iyun) uchrashuvida GUUAM xartiyasi qabul qilindi. GUUAM doirasida yagona axborot makonini, erkin savdo zonasini vujudga keltirish masalalari, transport kommunikatsiyasi, savdo-iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda ilm-fan, texnologiya va ijtimoiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari toʻgʻrisida kelishib olingan.