GURULLAVUQSOY

GURULLAVUQSOY (Goʻrdiboysoy) – Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy, Qoratogʻning jan. yon bagʻridan (1200 m) boshlanuvchi 15 ta irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Gurullavuqsoy jan. yoʻnalishda oqib, Zarafshon daryosiga (oʻngdan) yetmasdan Qizilravot qishlogʻidan shimolrokda tugaydi. Uz. 21 km, havzasining mayd. 52 km2. G. ning yuqori oqimida vodiysi tor. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi, kam suvli. Bahorda toʻlib oqadi.