GUMBULOQ GAZ KONDENSAT KONI

GUMBULOQ GAZ KONDENSAT KONI — Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida joylashgan kon. Gumbuloq strukturasi 1956-y. da aniqlangan. Gumbuloq gaz kondensat konida chuqur burgʻi qudukdar 1967-y. dan qazila boshladi. Dastlabki qazilgan quduqda yuqori yura ohaktoshlarida gaz borligi maʼlum boʻldi. Konning geologik tuzilishida yura, boʻr, paleogen, neogen va antropogen yotqiziklari ishtirok etgan. Tektoniktuzilishiga koʻra G. g.-k. k. Odamtosh antiklinal zonasiga mansub. Konda neft uyumi 1350 m chuqurlikda joylashgan. Gaz uyumining uz. 10 km, kengligi 2,75 km, qalinligi 150 m.

Konda 15 va 15a gorizontlar mahsuldor. Gaz debiti 3,5 — 5,0 ming m3/sutka. Kondagi gaz metanli, kam azotli, kam yogʻli, kondensatli, kondensat metanli, yengil, yuqori benzinli. Benzinning miqdori kondensatda 70% gacha.