GULUZORIM

«GULUZORIM» — Navoiyning «Etmish meni» radifli muxammasiga Hoji Abdulaziz Abdurasulov bastalagan ashula. Asosiy matn bandlari orasida «guluzorim voyey, rahm ayla nigorim» kabi jumlalar takrorlanib oʻqilgani uchun Guluzorim deb nomlangan. «Eshvoy» nomli cholgʻu kuyi, shuningdek, Shashmaqomdagi Rost maqomi tarkibidagi Savti Ushshoq shoʻbasi asosida yaratilgan. 3/4 oʻlchovli harakatchan taronalar usulida ijro etiladi. Daromad qismida Uzzol shoʻbasi ohanglaridan, Dunarsdan keyin keladigan avj qismida esa Turk avjidan ijodiy foydalanilgan. Turli yillarda «Guluzorim» ni O. Imomxoʻjayev, O. Apima hsumov badiiy taʼsirchan tarzda ijro etishgan. Cholgʻu kuy sifatida ham ijro etiladi.