GULOBOD

GULOBOD — Samarqand viloyatidagi qishloq (1985-y. dan). Samarqand tumani markazi. G. Samarqand sh. dan 12 km, Katta Oʻzbekiston traktining oʻng yoqasida. Aholisi 10 mingdan ziyod (1998). Gulobodda Oʻzbekistan—Eron, Oʻzbekiston— Amerika va Oʻzbekistan—Germaniya qoʻshma korxonalari tashkil etilgan. Korxonalarda chinni, mebel, kiyimkechak, sut mahsulotlari va b. isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Gulobodda tuman hokimiyati binosi, bank, agrokombinat, litsey, aloqa boʻlimi, savdo shaxobchalari, stadion bor. Ikkinchi jahon urushi hamda Afgʻonistondagi urushda qurbon boʻlgan shu tumanlik fuQarolar xotirasiga yodgorlik, Jomiy va Navoiylarga haykal oʻrnatilgan. Qishloq markazida xiyobonlar, atrofida 1,5 ming ga maydonda bogʻ barpo qilingan.