GULKOʻRPA

GULKOʻRPA — soʻzana turi; matoga kashta tikib tayyorlanadigan badiiy buyum. Gulkoʻrpaning bezak mujassamoti asosan islimiy naqshlardan iborat, markaziga yirik va burchaklariga kichik doirasimon yoki yulduzsimon gullar, hoshiyasiga mayda (gulshoxcha)lar tiqiladigan mujassamot keng tarkalgan, baʼzan mujassamotga yozuvlar (arabcha va b.) kiritiladi. Gulkoʻrpada naqsh gulning oʻzi kashta bilan tikilib koʻp joyi (zamini) ochiq qoldiriladi. Asosan, oq yoki rangli ip gazlama, shoyi, baʼzan duxobaga ham tiqiladi. Toshkent, Shahrisabz va b. badiiy buyumlar f-kalarida ishlab chiqariladi.