GULBEOR

GULBEOR (Portulaca grandifl ora) , beorgul — semizoʻtdoshlar (semizoʻtgullilar oilasi)ga mansub bir yillik oʻt. Vatani — Janubiy Amerika. Poyasi nisbatan yoʻgʻon, sersuv, sershox, bri 10 — 15 sm. Barglari ensiz, tuksiz. Guli ikki jinsli, yirik, shoxchalarning uchida 2—4 tadan joylashadi. Gultojbargi tuxumsimon, kosachasidan 3 barobar uzun, oq, qizil, sariq, binafsha va b. rangda. May-sent. oylarida gullaydi. Koʻsakchasi bir chanokli, koʻp urugʻli. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida eqiladi. Gulbeor urugʻidan yaxshi koʻpayadi, shu sababli beorgul deb nomlangan. Oʻzbekistonda semizoʻt deb atalgan bitta yovvoyi turi bor.