GUDZON QOʻLTIGʻI

GUDZON QOʻLTIGʻI — Shim. Muz okeanining quruqlik ichkarisidagi dengizi, Kanada hududida. Sharqda Gudzon boʻgʻozi orqali Atlantika okeani b-n, shim. da boʻgʻozlar orqali Shim. Muz okeani bilan tutashgan. Mayd. 848 ming km2. Oʻrtacha chuq. 112 m, eng chuqur joyi 258 m. Xavoning oʻrtacha t-rasi yanv. da —22° dan —31° gacha, iyulda 5° dan 15° gacha; suv okt. dan iyulgacha muzlaydi. Shoʻrligi 23,0—30,5%«. Suv har yarim sutkada 7,9 m ga koʻtarilib-pasayib turadi. Baliq va tyulen ovlanadi. Asosiy portlari: Cherchill, Port-Nelson. Gudzon qoʻltigʻini ingliz dengizchi sayyohi Gudzon qoʻltigʻi Gudzon 1610-y. da kashf qilgan va uning nomi bilan atalgan.