GUVALYOR

GUVALYOR, Gvaliyor — Hindistonning shim. dagi shahar. Madhya-Pradesh shtatida. Axolisi 700 ming kishi atrofida (1990-y. lar oʻrtalari). Muhim t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Hozirgi G. Lashkar, Morar sh. lari va Guvalyorning oʻzini qoʻshilishidan bunyodga kelgan. Ip gazlama f-kalari, kulolchilik, gilam toʻqish korxonalari, toʻqimachilik mashinasozligi, zargarlik z-dlari va bir qancha metallsozlik korxonalari; arxeologiya muzeyi bor. Hunarmandchilik rivojlangan. 11 —16-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.