GUANAXUATO

GUANAXUATO — Meksikadagi shahar, Guanaxuato shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 70 ming kishidan ziyod. Guanaxuato 2050 m balandlikda. Transport yoʻllari tuguni. Konchilik sanoatining qad. markazlaridan (oltin, kumush, qalay va b.), 20-a. ga kelib ahamiyati pasaydi. Oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Un-t, muzeylar bor. G. ga 1548-y. da asos solingan. 16 — 18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar saqyaangan. Turizm rivojlangan.