GRIGULIS

GRIGULIS (Grigulis) Arvids (1906 — Ladskaya — 1989) — Latviya xalq yozuvchisi (1976). Latviya FA akad. (1978). «Sharxlovchining xotiralari» (1929), «Tanqid va qalb» (1931), «Boʻronga» (1946) va «Nastarin shoxchasi» (1959) kabi sheʼriy toʻplamlari, «Qaysi bandargoh?» (1945), «Garpeterax tarixi haqida» (1946), «Loy va chinni» (1947), «Soldat shineli» (1955), «Boltiq dengizi hayqirmoqda» (1957) va b. pyesa hamda dramalari bor. G. «Yomgʻir va shamol derazani qoqqanda» (1965), «Shoira Kamilla maktubi» (1981) romanlari muallifi. «Latish adabiy tanqidi» (1 — 5 j., 1956 — 64) toʻplamlarini tuzgan.