GRANKA

GRANKA (rus.) (matbaada) — 1) bosmaxonada terilib, hali sahifa holiga keltirilmagan (verstka qilinmagan) matnlar ustuni;

2) terilgan matnni oʻqib, xatolarini tuzatish, undan maket tuzish uchun qogʻozga olingan tasviri, nusxasi;

3) terilgan matnni vaqtincha (sahifalashga qadar) saqlab qoʻyish uchun ishlatiladigan taxtakach.