GRAN (lot. granum — don) — 1) oʻlchovlarning metrik tizimi kirgunga qadar rus dorixona amaliyotida qoʻllanadigan massa birligi. 1 G. =62,209 mg;
2) ingliz oʻlchov tizimida savdo, dorixona va qimmatbaho toshlar va metallarni oʻlchashda qoʻllaniladigan massa birligi. 1 G. =64,8 mg.