GRADUS

GRADUS (lot. gradus — qadam, daraja) , daraja — 1) t-raning turli shkalalariga muvofiq keladigan har xil birliklarining umumiy nomi. Selsiy G. i (°S), Kelvin G. i (K), Farengeyt G. i (°Gʻ), Reomyur Gradusi (°R) mavjud. Selsiy shkalasida suvning muzlash t-rasi (0°S) bilan qaynash t-rasi (100°S) oraligʻi teng 100 qismga boʻlinadi. Kelvin shkalasida ideal gaz molekulalarining tartibsiz issiq,lik harakati toʻxtash t-rasi, yaʼni mutlaq nol (t°=273,15°C) nol gradus (0 K) debolinadi. Farengeyt shkalasida qor va nashatir aralashmasining erish nuqtasi (0°S) bilan kishi tanasining normal t-rasi (36°S) oraligʻi teng 100 qismga boʻlingan. Bu shkala boʻyicha 0°C=32°F, suvning qaynash t-rasi 100°S=212°Gʻ, demak, qor erishidan suv qaynashigacha boʻlgan t-ra 180°F. Reomyur shkalasida suvning muzlash va qaynash oraligʻi 80 ga boʻlingan, yaʼni 100°C=80°R. Bu t-ra shkalalari orasidagi bogʻlanish quyidagicha: 1 K=1°C=O,8R=1,8°F;

2) yassi burchak birligi; toʻgʻri burchakning 1/90 qismiga yoki doiraning 1/360 qismiga teng; ° belgi bilan belgilanadi. G=60ʻ=3600», bu yerda ʻ — burchak minutlari, «— burchak sekundlari. Yoyiq burchak 180°ga teng. Gradus aylana yoyini oʻlchash uchun ham ishlatiladi;

3) turli kattaliklarning shartli birligi; uning yordamida suvning qattiqligi, sulfat kislota yoki spirt konsentratsiyasi (Bome Gradus si—°Ve), suyuqliklar qovushoqligi (suvning 20°S dagi qovushoqligiga nisbatan — Engler gradusi) va b. koʻrsatiladi.