GRABOVSKIY Boris Pavlovich

GRABOVSKIY Boris Pavlovich (1901 — 1966) — televideniye ixtirochilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi (1965). I. F. Belyanskiy bilan hamkorlikda elektrotexnikaga oid tajribalar oʻtkazib, buning natijasida elektron nur yordamida harakatdagi tasvirni uzatadigan va qabul qiladigan «radiotelefot» apparatini yaratgan (1923—28).